So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Anvar Berdiev: "Superliga uchun kurashayotgan jamoa uchun bu – aqlga sig'mas natija" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Superliga uchun kurashayotgan jamoa uchun bu – aqlga sig'mas natija"

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Turon" - "Xorazm" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hozir o'yin haqida nima deyishga hayronman. Jamoamiz futbolchilarning harakatlaridan, o'yinga bo'lgan munosabatidan qoniqish hosil qilmadim. Superligaga chiqish uchun harakat qilayotgan jamoa uchun bu - aqlga sig'maydigan natija. Murabbiy sifatida "Xorazm"ni g'alaba bilan tabriklayman. Hoziroq o'yindan so'ng jamoa bilan uchrashuv davomidagi har bir vazichtni tahlil qilamiz.

- Bugun "Turon"ga omad etishmadi deb hisoblasa bo'ladimi?

- Yo'q, men bunday o'ylamagan bo'lardim. Omad ham kuchlilarga kulib boqadi. Agar maydonda harakat qilsangiz, keyin natija bo'ladi. Bilasizmi, agar imkoni bo'lganida birinchi bo'limdan so'ng 2 nafar futbolchini maydonda qoldirib, qolgan barchasini zaxiraga olgan bo'lardim. Klub rahbariyati hamma sharoitni yaratib berayapti. Muxlislarning shuncha etiboriga mos futbol o'ynash kerak. O'ynay olmasa, demak bu - futbolchida xarakter yo'qligidan dalolat beradi.

- Jamoa asosan uzun uzatmalarga tayanib o'ynadi. Qisqa uzatmalar bilan raqib himoyasini yorib kirish mumkinmidi?

- Bo'lar edi, o'yinni ko'rib tahlil qilamiz. Goldan so'ng jamoamiz o'z o'yinini yo'qotib qo'ydi. Uzun uzatmalar asosidagi o'yin jamoada o'ziga bo'lgan ishonch yo'qotilsa tashkil etiladi. Golni ham o'zimizga o'zimiz olib keldik.

- Xumoyun Murtozaevda o'yinni o'ziga oladigan daraja bor. Lekin so'ngi 2 ta turda uning o'yini qovushmadi. Bunga nima sabab bo'lgan deb o'ylaysiz?

- Futbol o'ynash uchun hohish kerak. Maydonga chiqqandan so'ng faqat ko'rsatmaga asoslanib futbol o'ynasa o'sishdan to'xtaydi. Bir narsaga hayron qolaman, qanday qilib kishi futbolchilik kasbini tanlasayu, siz uni yugurishga majburlashingiz kerak? Axir u o'zining sevgan kasbi-ku! Men shunaqa o'ylayman. To'g'ri, undagi jarayon 2 ta o'yindan buyon kuzatilmoqda. Agar bizda imkon bo'lganida Murtozaevni ham almashtirgan bo'lardim.

- Bobur Qosimovda jarohat borligini bilamiz. U qachon maydonga qaytishi mumkin?

- Bizda Bobur Qosimovdan tashqari Asliddin Toshtemirov, Mirzohid Mirzamahmudovlarda jarohat bor. Azam Aliev ham endi tarkibga qo'shildi. Afsuski, jarohatda bo'lgan futbolchilar ancha muddat bizga yordam bera olishmaydi, jarohatlari jiddiyroq.

- Quraga ko'ra, birinchi o'yindayoq "Xorazm"ga duch kelsangiz, revansh olish maqsadingiz bormi?

- Albatta, murabbiy sifatida men shuni istayman. Lekin, buni futbolchilar ham istashi kerak. Futbolchi faqat ko'rsatmalarga asoslanib o'ynasa, bunda natija kelishi juda qiyin. Balki futbolchilarimiz Superligaga chiqib bo'ldik degan xayolga borishgandir. Bu borada jiddiy gaplashib olamiz.

- Oxirgi natijalar qoniqarsiz bo'lmoqda. Mag'lubiyat murabbiyniki, istefo haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

- To'g'ri, mag'lubiyat murabbiyniki. Jamoa rahbariyati menga ishonch bildirsa, ishlashda davom etamiz. Agar boshqa murabbiy haqida o'ylab ko'rishsa, men hech qachon qarshilik bildirmayman. Rahbariyatga ishonch minnatdorchilik bildiraman. Jamoa uchun foydali bo'ladigan har bir qarorni ikki qo'limni ko'tarib qo'llab-quvvatlashga tayyorman.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика