So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  13 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Anvar Berdiev: "Oq-tepa"ga qarshi o'yinlar har doim qiyin bo'lgan" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Oq-tepa"ga qarshi o'yinlar har doim qiyin bo'lgan"

PRO-Liga 17-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Oq-tepa" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Anvar aka, dastlab bugungi uchrashuv haqida o'z fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...
- "Oq-tepa"ga qarshi o'yinlar jamoamizga har doim qiyinchilik tug'dirgan. Bugun ham qiyin uchrashuv bo'lishini bilardik. O'yinga doimgidek tayyorgarlik ko'rdik. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman, ular so'ngi daqiqalargacha kurashib g'alabani qo'lga kiritishdi.

Bugun PRO-Liganing joriy mavsumida o'z maydonimizdagi so'ngi uchrashuvni o'tkazdik. Xabaringlar bor, navbatdagi 3 ta turni safarda o'tkazamiz. Bugun jamoamiz futbolchilari ham shuni his qilgan xolgan maydonga tushishdi. Qiyin o'yin bo'ldi, lekin yakunda g'alaba qozondik. Bugungi natijamizdan xursandman.

- "Istiqlol" tarkibida yoshlarga ko'proq imkoniyat berilmoqda. Natija qayd etishda bu xolat jamoa zarariga ishlayotgani yo'qmi?

- Yoshlarga ham qachondir imkoniyat berish kerak. Ular o'z imkoniyatini, vaqtini kutib turishibdi. Mana bugun yosh futbolchimiz Rahmatillo O'ktamov so'ngi daqiqalarda gol urib jamoamizga g'alaba olib keldi. Afsuski, yuqori to'rtlikka kirolmadik, lekin endi quyi to'rtlikda munosib ishtirok etmoqchimiz. Men jamoamiz safida yosh futbolchilarning tobora kuchayib borayotganidan xursandman. Buni "Istiqlol" jamoasining yutug'i deb hisoblasa bo'ladi.

- Rahmatillo O'ktamov "Oq-tepa"ga qarshi safar uchrashuvida ham so'ngi daqiqalarda gol urib jamoa g'alabasini taminlagandi. Bugun ham aynan o'sha futbolchi so'ngi daqiqalarda gol kiritdi va "Istiqlol" g'alaba qozondi...

- Bu futbol, qaerdadir 1-daqiqada gol urish mumkin, boshqa joyda 90-daqiqadan keyin gol urish mumkin. Men shogirdlarimga doim takidlayman, hakam hushtagi chalinib boshlanganidan to yakuniy hushtakkacha o'ynash kerak. Farqi yo'q, 1-daqiqada gol bo'ladimi, 60-daqiqadami, balki 90-daqiqada gol bo'lishi mumkin. Bu futbol, har doim oxirigacha borish kerak.

- Aytmoqchiydimki, O'ktamov uchun qaysidir manoda "Oq-tepa"ga to'p kiritish qulayroqmikan?

- Endi futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Qaysidir jamoa o'sha futbolchi uchun omadli bo'lib qoladi va gollar urishi mumkin.

- Jamoa bosh murabbiyi sifatida "Istiqlol" tarkibidagi qaysi futbolchilarni turli yoshdagi terma jamoalarimizga tavsiya etgan bo'lardingiz?

- Qaysidir futbolchi terma jamoa murabbiyining uslubiga mos tushadi, yana kimdir esa o'sha o'yin uslubiga mos kelmasligi mumkin. Biz bu borada terma jamoalar murabbiylari bilan gaplashganmiz, tavsiya etgan futbolchilar bor. Ular ushbu futbolchilarning o'yinlarini kuzatib borishmoqda.

- Masalan jamoaning yosh futbolchisi Xushnud Bozorov yoshlar terma jamoasiga jalb etilsa, o'ynab keta oladimi?

- Albatta o'ynab keta oladi. Mana PRO-Liga o'ynayaptiku. Hech narsaga osonlik bilan erishib bo'lmaydi. O'z ustida ishlasa, mehnat qilsa har qanday natijani qayd etishi mumkin.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика