So’nggi yangiliklar

13:10Эшитдик-да! Гамбия терма жамоаси ҳужумчиси "Андижон"га ўтиши мумкин  0 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  4 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  1 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  1 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  64 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2

Anvar Berdiev: "Bunday maydonda hattoki mashg'ulot o'tkazishga ham qarshiman" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Bunday maydonda hattoki mashg'ulot o'tkazishga ham qarshiman"

Pro liganing oltinchi turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Buxoro" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Jangovar durang guvohiga aylandik. G'alabaga yaqin edik, deya olaman. Oddiy xatolarimiz evaziga darvozamizdan ikkita to'p olib chiqdik. Jamoam gol urishga qiynaldi. "Aral Samali" ham muxlislari ko'z o'ngida yaxshi harakat qildi. Ishqibozlarimizdan uzur so'rayman. "Buxoro" durangni o'ylab emas, g'alaba uchun harakat qildi. Ikkinchi bo'limdagi o'yinni ko'rsatsak oldimizga qo'yilgan maqsadga erishsa bo'ladi".

- Stadiondagi muhit va maydon haqida fikringiz qanday?
- To'g'risi bunday maydonda birorta mashg'ulot o'tkazmaganmiz. Bunga o'zim ham qarshiman. Futbolchilar ehtiyot bo'lib shug'ullanishdi. Ushbu maydonda bir kun mashg'ulot o'tkazib o'yinga chiqdik. SHunga qaramasdan shogirdlarim ikkinchi bo'limda ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Oldinga qarab intilishimiz kerak. Bu o'yin tarixga aylandi.

- "Buxoro" bir ochko qo'lga kiritdimi yoki ikki ochko yo'qotdi?
- Ikkinchi bo'limda ko'plab vaziyatlar yuzaga keltirdik. Ko'rgan bo'lsangiz bir vaziyatda to'p darvoza ustuniga tegdi. "Buxoro" ikki ochko yo'qotdi.

- O'yinning navbatdagi qismida yog'ishni boshlagan yomg'ir qanchalik tasir qildi?
- Ikkita jamoa ham bir hil sharoitda o'ynadi. Yomg'ir futbolchilarga qiyinchilik qilmadi. Futbolchilarni ruhiy bosimdan olib chiqib ketish qiyin bo'lyapti.

- Raqib safidagi qaysi futbolchilarni alohida ko'rsatgan bo'lardingiz?
- "Aral Samali"ning hujumchilari Navro'z Alimov va Azamat Allaniyozovni yaxshi bilaman. Hech kimni ajratmoqchi emasman. Agarda raqib shunday shijoat bilan o'ynasa ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'ladi.

- Futbolchilik faoliyatingizni katta qismini vodiyda o'tkazgansiz. Murabbiylikni ham Farg'onaning "Istiqlol" jamoasida boshladingiz. Boshqa jamoada, muhitda ishlash qanday bo'lyapti?
- "Buxoro"da yordamchi sifatida ish boshlagandim. Lekin nima uchun Davron Fayzievni istefoga chiqarishdi bilmayman. Klubdagilar yaxshi sharoitlar yaratib berishyapti. Qashqadaryo futbolidan chiqib vodiyda o'ynadim. Hammasi tarixda qoldi. Ayni paytda bor etiborim "Buxoro" jamoasiga qaratilgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика