Antoni Marsyal: “Terma jamoaga anchadan beri chaqirishmagani uchun ham yaxshiroq o'ynashni juda xohladim”
09 sen 2020 08:57
Yangiliklar
Antoni Marsyal: “Terma jamoaga anchadan beri chaqirishmagani uchun ham yaxshiroq o'ynashni juda xohladim”
Franciya terma jamoasi hujumchisi Antoni Marsyal Xorvatiyaga qarshi bahsdan so'ng (4:2) fikrlari bilan bo'lishdi.
“Anchadan beri terma jamoaga chaqirishmagandi. SHuning uchun yaxshi o'yin o'tkazishni juda ham xohlagandim. Zarbam orqali avtogol sodir bo'ldi. SHunday ekan juda ham baxtliman. Boisi g'alaba qozondik. Boshida to'p bizda bo'lmagani sabab qiyin bo'ldi. SHundan so'ng bir-birimiz uchun o'ynashni boshladik va Franciya terma jamoasi yana xavfli ko'rinish oldi”, — deydi Marsyal.
Fikrlar