So’nggi yangiliklar

18:18U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23. Таркиблар маълум  0 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  2 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  0 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  0 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  46

Anton Valdemar Bundesligada ikkinchi golni urdi Yangiliklar

Anton Valdemar Bundesligada ikkinchi golni urdi

Fevral oyi Anton Valdemar uchun ancha qizg'in o'tgan.

Uning klubi "Gannover" 4ta o'yin o'tkazdi va "Frayburg" bilan o'yinda g'alaba qozondi. Aynan o'sha o'yinda Valdemar mavsumdagi birinchi va Bundesligadagi ikkinchi golini urdi. O'zining ilk golini 2016 yilda u "Borussiya M" bilan bahsda urgandi va o'sha uchrashuvda eng yaxshi futbolchi bo'lgandi.

Hannover 96

Waldemar Anton - 28', Felix Klaus - 54'

1. Bundesliga . 22-tur

10/02/2018, 19:30

1
:
2
Tugadi

Freiburg

Manuel Gulde - 88'

Stadion: HDI-Arena, 37800 tomoshabin

Bosh hakam: Manuel Graefe

45'
90'
28'  Waldemar Anton
54'  Felix Klaus
54'  Ihlas Bebou
73'  Felix Klaus (Marvin Bakalorz)
84'  Ihlas Bebou (Martin Harnik)
90'  Iver Fossum (Florian Huebner)
46'  Marc-Oliver Kempf (Florian Kath)
63'  Tim Kleindienst (Marco Terrazzino)
65'  Marco Terrazzino
69'  Lukas Kuebler (Pascal Stenzel)
83'  Christian Guenter
88'  Manuel Gulde

O'sha yil "Gannover" Bundesligani tark etgandi, shu bois Valdemar o'tgan mavsum Germaniya  chempionatida gol urish imkoniyatiga ega bo'lmadi.

Valdemar taxminan 2 yildan so'ng yana Bundesligada to'p kiritdi. "Frayburg" bilan bahsning 26-daqiqasida gol urishga erishdi. "Gol urishimni sezgandim. Buni ancha kutdim, imkoniyatlar bo'lgandi va to'p kiritganimdan xursandman" - deydi u o'yindan so'ng. 

Qizig'i Valdemar bu bahsda ham o'z poziciyasini o'zgartirib tayanch yarim himoyasidagi Pirmin SHveglerning o'rnida harakat qildi. 

"Bu joyda o'ynagan futbolchida gol urish imkoniyati ko'proq bo'ladi, faqat undan foydalanish kerak" - deydi Anton.

"Biz uni bu joyda o'ynay olishini bilardik. Bazida tayanch yarim himoyachisi sifatida ham harakat qilardi. Endi u gol ham urmoqda, raqiblar uchun xavfli futbolchiga aylanmoqda. Bu meni xursand qilmoqda. Valdi tezkor futbolchi. Ajoyib rivojlanish" - deydi "Gannover" menedjeri Xorst Xeldt.


"Keln"ga qarshi bahsni esa kasalligi tufayli o'tkazib yubordi. Qizig'i, bu mavsumda Anton faqat ikkita bahsda o'ynay olmadi va ikkala holda ham raqib "Keln" bo'lgandi. Valdemar uzoq davolanmadi va keyingi turda safga qaytdi.

Germaniya matbuoti xabariga ko'ra, Valdemarning transfer narxi 2 mavsumda 100 ming evrodan 6,5 million evroga etdi!


Vladislav Goyxman

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика