"Real" Ryudiger bilan muzokara o'tkazadi
07 dek 2025 12:39
Yangiliklar
"Real" Ryudiger bilan muzokara o'tkazadi
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachi Antonio Ryudiger bilan muzokara o'tkazishni rejalashtirgan.
32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi. Shartnoma muddati tugagach, tomonlar hamkorlikni davom ettirishi yoki ettirmasligi hali aniq emas. Jurnalist Fabricio Romanoning malum qilishicha, yaqin oylarda "qaymoqranglilar" vakillari Ryudiger bilan muzokaralar o'tkazadi. So'nggi paytlarda nemis futbolchisi jarohatlar tufayli tez-tez safdan chiqmoqda, ammo jamoa etakchisi bo'lib qolmoqda va kiyinish xonasida muhim rol o'ynaydi.
Antonio Ryudiger "Real" safida 2022 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Markaziy himoyachi joriy mavsum atigi uch o'yinda ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Реал" Арбелоанинг дебютида Сегунда клубига мағлуб бўлиб, Испания кубоги билан хайрлашди!
Испания Кубоги. "Барселона" "Расинг" тўсиғидан қийналиб ўтди, мезбонларнинг икки голи инобатга олинмади
Кроос "Барселона" ҳақида: "Улар ҳеч қандай халқаро соврин юта олишмайди"
Полиция Винисиусга банан отган мухлисни қидирмоқда
Fikrlar