"Real" futbolchisi Saudiyaga ketmoqchi, biroq unga PSJ jiddiy qiziqmoqda
26 dek 2025 09:51
Yangiliklar
"Real" futbolchisi Saudiyaga ketmoqchi, biroq unga PSJ jiddiy qiziqmoqda
"Real Madrid" himoyachisi Antonio Ryudiger klub bilan shartnomasi 2026 yil yozida tugagach, faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish niyatida.
ESPN ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, u madridliklarni erkin agent sifatida tark etadi.
Avvalroq PSJ futbolchiga qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi. Parijliklar Ryudiger bilan faol muzokaralar olib borishmoqda va unga transfer uchun qulay shartlarni taklif qilishga tayyor. PSJ rahbariyati jamoaga tajribali himoyachi kerak deb hisoblaydi va ular Ryudigerni shunday futbolchi sifatida ko'rishadi.
Himoyachi 2025/2026 yilgi mavsumda "Real Madrid" safida barcha musobaqalarda ettita o'yinda maydonga tushdi va birorta ham gol urmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar