Anri: "Umid qilamanki, Obameyang "Arsenal"da qoladi"
07 may 2020 17:38
Yangiliklar


Anri: "Umid qilamanki, Obameyang "Arsenal"da qoladi"
"Arsenal" tarixidagi eng yaxshi to'purar Terri Anri forvard Per-Emerik Obameyangning "kanonirlar" tarkibida qolishini xohlaydi.
Gabonlik hujumchi anchadan beri jamoadan ketish harakatiga tushib qolgan. Futbolchiga Madridning "Real" va Milanning "Inter" klublari qiziqmoqda.
"Maslahat bera olmayman-u, ammo umid qilamanki, Obameyang "Arsenal"da qoladi. Albatta, men uning shaxsiy hayoti borligini tushunaman. Balki, u o'z kuchini boshqa jamoada va boshqa chempionatda sinab ko'rishni xohlayotgandir, ammo baribir uni qolishini xohlayman", - deydi Anri.
Obameyang joriy mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar