Anri futbolchilik faoliyatini yakunladi va "Sky Sports" eksperti bo'ldi
16 dek 2014 14:17
Yangiliklar


Anri futbolchilik faoliyatini yakunladi va "Sky Sports" eksperti bo'ldi
"Monako", "Yuventus", "Arsenal", "Barselona" va Franciya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri futbolchilik faoliyatini yakunladi va Angliyaning "Sky Sports" kanali ekspertiga aylandi.
Endi u "Sky Sports" kanalida Gari Nevill, Jeymi Karager, Jeymi Rednap va Grem Sunnes bilan ishlaydi. Francuz 2015 yildan kanalda o'z ishini boshlaydi.
"Omadliman, faoliyatim juda ajoyib o'tdi, ko'plab shirin xotiralar qoldi. Endi esa "Sky Sports"dagi yangi ishimni boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman. Kamina eng yaxshi jamoalarda to'p tepgan va endilikda televidiniyaning eng yaxshi jamoasi qo'shilyapman" - deydi Anri.

Fikrlar