So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Angliyadagi futbolga oid 10ta eng mashhur haykallar Yangiliklar

Angliyadagi futbolga oid 10ta eng mashhur haykallar

Bugun Londonning “Arsenal” klubi uy o'yingohida jamoaning mashhur hujumchisi Dennis Berkamp haykalining ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Sizlarning etiboringizga esa futbol vatanidagi boshqa haykallar haqida so'zlash bilan bir qatorda, ularni ko'rsatib ham beramiz.
Ingliz stadionlarining yonida bronzadan yasalgan monumentlarni ko'p uchratish mumkin. Bu mamlakatda futbol olamida qandaydir muhim o'rin tutgan futbolchi borki, deyarli barchasining sharafiga bunday yodgorliklar o'rnatilgan. Tumanli  Albionda senga haykal o'rnatishlari uchun albatta eng buyuk futbolchilardan biri bo'lishing ham shart emas. Biroq haykaltarosh mahoratli bo'lmog'i shart. Aks holda bu monumentda kim tasvirlanishidan qatiy nazar tanqid ostida qolib ketishi mumkin.

Quyida shaxslarning buyukligi jihatdan emas, sanat nuqtai nazaridan eng etiborga loyiq haykallarga to'xtalib o'tamiz.


Kim: Uilyam Makgregor
Qaerda: “Aston Villa” klubi stadioni
Qachon: 2009



Makgregor – Angliya Futbol Ligasining asoschisi. 1888 yilda uning “Aston Villa”si va 11ta boshqa klub tarixdagi birinchi chempionat o'yinlarini tashkil qilishgan. Uniing haykalini viktorian davrida yashab o'tgan, soqolli, dono bir insonga qo'yilgan yodgorlik deb atalsa to'g'ri bo'ladi.


Kim: Aleks Fergyuson
Qaerda: “Manchester Yunayted” klubi stadioni
Qachon: 2012



Masshtabni ochib berish borasida eng benazr haykallardan biridir: Uncha katta bo'lmagan, erdan detallar yaqqol namoyon bo'lmaydigan, buyuk murabbiy siymosi ortidan uning nomi berilgan tribuna tomon borilishi va u osmonlarga yaqinlashtirgan klubining nomi yodgorlik yuqorisida keltirilgan. Borib, yaqindan tomosha qilish kerak bo'lgan monumentlardan biri.


Kim: Bill SHenkli
Qaerda: “Liverpul” klubi stadioni
Qachon: 1997



“Liverpul”ning buyuk murabbiyi, zafarli onlarni nishonlashda amalga oshiradigan hatti-harakati ifodalangan haykal.

Etiborli jihat: Murabbiy bo'yniga osilgan “Liverpul” sharfi hayotiy voqeaga asoslangan. Jaomaning yoz muxlislaridan biri klub ramzi tushirilgan sharfni maydonga otadi. Policiya hodimi uni madon chetiga otib yubormoqchi bo'ladi. Biroq SHenkli unga qarata “Bu – sen uchun shunchaki bir sharf, bu yigitcha uchun esa – butun bir hayot”, degan va policiyachini to'xtatib qolgan edi.


Kim: Terri Anri
Qaerda: “Arsenal” klubi stadioni
Qachon: 2011



Goldan keyin tizzasida sirpanib, uni nishonlayotgan “to'pchilarning”ning eng yaxshi to'purarlaridan biriga qo'yilgan haykal u qadar katta emas va juda tabiiy. Anrining o'zi unga qo'yilgan bu yodgorlikni ko'rganida qo'ziga yoz olgandi.

Kim: Brayn Klaf va Piter Teylor
Qaerda: “Derbi Kaunti” klubi stadioni
Qachon: 2010



Brayn Klafga Angliyada bir emas, uchta haykal o'rnatilgan. Biri “Nottengem Forest”, boshqasi “Midlsbro” va uchinchichi “Derbi”da. Biroq so'nggisi – eng yaxshisi. Unda Klaf Piter Teylor bilan birga tasvirlangan.


Kim: Tom Finni
Qaerda: “Preston” klubi stadioni
Qachon: 2004



Ingliz futbolidagi eng xurmatga sazovor bo'lgan, bir hafta ilgari, 91 yoshda  olamdan o'tgan buyuk shaxslardan biri bo'lmish Ser Tommi Finni faoliyatining asosiy qismini “Preston Nort End”da o'tkazgan. U ricerlik unvoniga munosib topilgan.  Milliy futbol muzeyiga asos solgan. Uning fontan ustidagi haykali – haqiqiy sanat asari. Uning ushbu siymosi 1954 yilda olingan mashhur surat asosida yaratilgan. Unda Finni “Stemford Brij”ning ko'lmakka aylanib ketgan maydonida to'p uchun kurashayotgan vaziyat aks ettirilgan.


Kim: Stenli Metyuz
Qaerda: “Stok Siti” klubi stadionida
Qachon: 2001



Futbol tarixidagi yana bir mashhur insonlardan biri, ricerlik unvoni sohibi va “Oltin to'p” sohibi bo'lgan Stenli Metyuz sharafiga o'rnatilgan monument go'zal bir kompoziciyadir. Metyuzning bir asosga joylangan uchta haykali uning faoliyatining uchta 10 yilligiga bag'ishlangan. Aynan mana shu haykallar majmui Stok-on-Trent shahridagi eng asosiy madaniy obekt hisoblanadi.


Kim: Billi Bremner
Qaerda: “Lids” klubi stadioni
Qachon: 1999



Angliyadagi eng noodatiy futbol haykali. “Lids” tarixida qo'polligi bilan ajralib turgan tarkib sardori Billi Bremner hayotdagidan ko'ra haykalda ancha xushchaqchaq va mehribonroq qo'rinadi. Uning kiyimlari ham jamoa ranglariga monanda bo'yalish bilan bir qatorda, qizg'ish sochi ham o'z tusida aks ettirilgan. Haykaltarosh – sobiq model Frensis Sigelman.


Kim: Bob Skoto
Qaerda: “Sanderlend” klubi stadioni
Qachon: 2006



Tabassum bilan qo'llarni yoygan barmoqlar orasini keng ochib olgan, shlyapa kiyib olib, sakrab turgan Bob Stoko “Nyukasl” tarixidagi eng kuchli futbolchilardan va “Sanderlend” tarixidagi eng buyuk murabbiylardan bo'lgan. Haykalda esa u jamoa bilan Anliya Kubogidagi g'alabani nishonlayotgan pallasi tasvirlangan.


Kimlar:  Jimmi Armfild, Simone Perrotta, Jeff Xerst
Qaerda: “Kerzon Eshton” klubi stadioni
Qachon: 2010



Angliyadagi shubhasiz eng g'alati haykallardan biri. Haykal sakkizinchi dvizionda ishtirok etadigan jamoa stadioni yaqinida o'rnatilgan. Haykal Teymsayd hududidan chiqqan va keyinchalik jahon chempioniga aylangan uch nafar futbolchilar – 1966 yilda Angliya terma jamoasi bilan Jeff Xerst , aslida o'sha turnirni jarohati tufayli o'tkazib yuborgan Jimmi Armfild hamda (etibor bering) 2006 yilda Italiya termasi bilan jahon chempioni bo'lgan, aslida Manchesterga yaqin bo'lgan mana shu hududda tug'ilgan Simone Perrotta tasvirlangan.

Sports.ru saytidan Abror Qodirov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика