Angliya klubi kecha APLda gol urgan argentinalik futbolchisining mundialga borishini istamayapti
27 apr 2023 11:09
Yangiliklar
Angliya klubi kecha APLda gol urgan argentinalik futbolchisining mundialga borishini istamayapti
"Brayton" klubi kuni kecha Angliya Premer-ligasidagi ilk golini "Nottingem Forest" darvozasiga urgan 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi Fakundo Buonanottening Argentina terma jamoasi safida 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish so'rovini rad etmoqda. Bu haqda telejurnalist Pablo Jiralt xabar berdi.
Futbolchi ingliz klubiga yanvar oyida kelib qo'shilgandi. Qayd etilishicha, terma jamoa bosh murabbiyi Xaver Maskerano klub rahbarlari va murabbiylar shtabi bilan uchrashgan.
Argentina tarkib yig'ishda qator muammolarga duch kelmoqda. Avvalroq "Manchester Yunayted" o'yinchisi Alexandro Garnacho va "Real Madrid" futbolchisi Niko Pazning mundialda ishtirok etishi so'roq ostida turganligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Argentina mezbonlik qiladigan U-20 Jahon chempionatida Maskerano shogirdlari O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan.
Fikrlar