So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  0 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Andrey Voronin: “Rossiya va Ukrainada futbol yo'q” Yangiliklar

Andrey Voronin: “Rossiya va Ukrainada futbol yo'q”

Ukraina terma jamoasi sobiq hujumchisi Andrey Voronin Evropa chempionati guruh bosqichi yakuniga etgach, rossiyalik hamkasblarimiz bilan Rossiya va Ukraina terma jamoasining musobaqadagi ishtiroki xususida suhbatlashdi.


Jahon chempionatida chorak finalgacha etib borgan Andrey jamoalarni avyosiz tanqid qilgani etiborga molik.


- Ukraina terma jamoasi o'yinlariga tashrif buyurdingizmi?

- Lionga bormadim – juda uzoq va noqulay. SHimoliy Irlandiya bilan bellashuvni televizorda tomosha qildim. Qolgan bellashuvlarga esa tashrif buyurdim.

- Taassurotlar qanday?

- Super! Muxlislar – Evropa chempionatida mavjud eng yaxshi jihat. Ajoyib muhit! O'zing maydonda ekaningda buni unchalik his qilmaysan. Marselda yoqimli ajablandim. Jamoa turnirni tark etib bo'lgan, lekin tribunada ko'plab ukrainalik muxlislarni ko'rdim. Polyaklar singari ko'p emas, ammo qo'llab-quvvatlash juda yaxshi bo'ldi.

- Germaniyaga qarshi munosib o'yin keyingi uchrashuvlarda yomon belgi bo'lib xizmat qildimi?

- Men o'sha o'yinni munosib deb hisoblamayman. Jamoa yaxshi o'ynagani yo'q. Vaziyatlar bo'ldi, faqat foydalanilmagan. O'yinning o'zi esa unchalik emasdi. Bu shaxsiy fikrim. SHimoliy Irlandiya bilan bellashuvda ular bemalol zafar quchib, hal qiluvchi bahs Polshaga qarshi o'tadi deb o'ylashgan bo'lsa kerak.

- Ukraina birorta gol urmadi. Omad kulib boqmadimi?

- Omad boqmadi – nimani bildiradi? SHunchaki gol urishga ham arzimadik. Vengriya birinchi o'rin bilan chiqdi, Islandiya ham nimchorak finalga yo'l oldi. Ularga qoyil. Bizda boshidan ishlar yaxshi ketmadi. Xohish imkoniyat bilan to'g'ri kelmadi. Menimcha, jamoa musobaqaga tayyor emasdi.

- Jismonanmi yoki ruhan?

- Har ikki taraflama. Yigitlar zarur bo'lgan holatda emasdi. Ko'zlar yonmadi, oyoqlar yugurmadi. Sababini bosh murabbiydan so'rash lozim.

- Nega etakchilar ishonchni oqlamadi - Yarmolenko, Konoplyanka?

- Tushunarsiz. Ularning o'zi ham chempionatni barbod qilganini tushunib turishibdi. Umid or edi. Musobaqada qatnashishning o'zi baxt. Nega o'zlarini ko'rsata olishmaganini bilmayman. Jamoada muhit qanday bo'lganidan bexabarman. Jamoa juda qo'rqinchli ko'rindi. Aniqrog'i, malum futbolchilar.

- Ukrainada Kiev va Doneck uchun joy ajratilganmidi?

- Bu haqida gapirishni xohlamayman, chunki u erda emasdim. Men o'ynagan paytda bunday voqea ro'y bermagan. Agar shunday muammo bo'lsa, bu murabbiylar shtabining xatosi. U muammoni darhol hal qilishi darkor edi. Hal qila olishmasa, bazi o'yinchilarni chaqirmaslik lozim bo'lgan. Tushunaman, bizda tanlov keng emas, lekin masalani hal qilish mumkin. “Real” o'n yillardan beri “Barselona” bilan dushmanlik qiladi, biroq bu ularning futbolchilariga g'alaba qozonishga xalal bermayapti. Kiyinish xonasidagi turlicha qarashlar omadsizlik sababi bo'lganiga ishonmayman.

- Siz o'ynagan davrda bunday bo'lmaganmi?

- Kimlardir ko'proq muloqot qilardi, boshqalar ozroq. Bu doim bo'lgan. Biroq gap qarama-qarshilikkacha etib bormagan. Men Ukrainada o'ynamaganman, lekin Doneck, Dnepr, Kiev va Xarkovdan bo'lgan yigitlar bilan ajoyib munosabatda edim. Bizda muhit iliq bo'lgan. Birgalikda yig'ilib, qarta o'ynardik, futbol ko'rardik, restoranga borardik. Hozir yoshlar umuman boshqacha.

- Ukraina terma jamoasining o'yin sifatiga qanday fikr bildirasiz?

- Bunday natijada o'yin saviyasi haqida gapirishdan nima foyda? Balki, bu biz uchun cho'qqi. Bugun SHimoliy Irlandiya bilan o'ynasak, ularni yutishimizga ishonaman. Biroq turnirda imkoniyatni boy berdik. Faqat Ukraina va Rossiyada o'yinchilar Evropada o'ynashmaydi. Hozir Ukraina chempionati ikki jamoa ligasiga aylangan. SHu bilan birga “SHaxtyor” tarkibida 10 nafar braziliyalik futbolchi bor. Ukraina chempionatidan keyin Evropa yoki jahon chempionatiga chiqqanda boshqa hakamlar, o'yinchilar, boshqa darajadagi qarshilikka duch kelasan. SHunda muammolar boshlanadi.

- Sizningcha, SHevchenko bosh murabbiy bo'lishga tayyormi?

- U buni qo'lga olgunga qadar bila olmaymiz. 30 yil 4-ligada ishlab, biror narsa yutmaslik mumkin. Ishga Klopp kabi 37 yoshda kelib, darhol ajoyib faoliyat boshlasa ham bo'ladi. Yurgenni yaxshi bilaman, u bilan o'ynaganman va keyinchalik qo'l ostida ishladim. Ishoning, 37 yoshida u bunday faoliyat haqida orzu ham qilmagan. Hozir esa jahon taniydigan murabbiyga aylandi. SHevada katta tajriba bor, u Evropada ko'p o'ynadi. Jahonga mashhur taniqli murabbiylar bilan ishlagan. Uning dunyoqarashi o'zgacha. O'yinchilar, mashg'ulot jarayonidagi mentalitetni o'zgartirish kerak. 50 yildan beri bir tizim bilan ishlab, o'ynab kelyapmiz.

- Rossiya va Ukraina Evroda birdek yomon bo'ldimi yoki kimdir yanada yomonroqmi?

- Solishtirish kerak emas! Kimdir ulardan qay biri kuchliroq ekanini bilishni istasa, o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etsin. Evroda esa har ikki jamoa barbod bo'ldi. Har ikki jamoa oldida vazifa bor edi. Ular buni bajara olishmadi va endi dam olishmoqda. Rossiyada vaziyat Ukrainadagiga nisbatan yomonroq. Oldinda uydagi jahon chempionati turibdi. Kim bilan va qanday o'ynashi tushunarsiz. O'ylashimcha, Evroga borganlardan aksariyati 2018 yil o'ynamaydi. Faxriylarga munosib zaxira yo'qligini esa chempionat ko'rsatdi.

- Rossiya terma jamoasining Franciyadagi asosiy muammosi nimada bo'ldi?

- Muammo tizimda. Uni mahalliy chempionatdan qidirish lozim. Bir haqiqatni aytaman: futbolchi pulni ishlab topishi kerak, olishi emas. Qachon u pullarni ishlab topsa, keyin o'ynaydi. Ularni shunchaki olayotgan paytda ish bo'lmaydi. Maydonga tushib, doimo imkoniyatini ko'rsatishi shart.

Rossiyada 150 million, Ukrainada 50 million aholi bor. SHular orasidan 20 nafar futbol o'ynaydigan odamni topib bo'lmaydimi? Menga shunchaki alam qiladi. Xorvatiya, Serbiyaga qarayman. Ularning aholisi soni Moskvanikidan ham kamroq. Lekin ularda barchada yaxshi terma jamoa yig'ilgan. Nega bizda yo'q? Aynan shuni tushunmayman. Balki, 20 odamni olib, ikki yilga biror joyga berkitib qo'yib, mashq qildirish kerakdir? Ehtimol, shunda foyda bo'lar? Hamisha boshqalardan yomonroq bo'lishimiz to'xtashi kerak. Nimanidir noto'g'ri qilyapmiz, muammo o'zimizda.

- Sobiq jamoadoshlaringiz Smolov va Kokorin Evroni barbod qilishdimi?

- Albatta, shunday. Smolov Rossiya chempionatida ajoyib o'ynadi va mavsumni chiroyli yakunlamoqchi edi. CHunki Evropa va jahon chempionati birinchi o'rinda katta bozor hisoblanadi. O'zingni ko'rsatib, kuchliroq jamoaga o'tish imkoni tug'iladi. Biroq bu safar o'xshamadi. Bu baribir murabbiyning xatosi. Sluckiy uch o'yinning barchasida 3 nafar hujumchidan foydalanib bo'lmasligini oldindan ko'ra bilishi lozim edi, biror narsani o'zgartirmasdan o'ynab bo'lmaydi. Smolov va Kokorin hujumda faqat eng oldinda o'ynaganda o'zlarini ko'rsatishdi. Qanotda esa hech qachon yaxshi o'ynay olishmagan. Sluckiy ularni biror narsa qila olmaydigan poziciyaga joylashtirdi. Menimcha, bu murabbiyga tegishli xato. Agar barchani maydonga tushirishni xohlasa, boshqa sxemani tanlab ko'rishi zarur edi.

Angliyaga qarshi tarkibni ko'rganimda qo'rqmasdan uch hujumchini maydonga tushirgani uchun balli deb qo'ydim. Biroq ular o'z poziciyasida emasligi ko'rinib turgandi. Ular istashsa ham o'sha joyda o'zlarini ko'rsata olishmasdi. Smolov xususiyatlarini qanotda namoyish etolmaydi. U Mamaev bilan “Krasnodar”da birgalikda 30 to'p kiritishdi. Mamaev unga qancha ko'p pas berdi. Tandem yuzaga keltirishdi. Demak, Smolovni maydonga tushirar ekansan, Mamaevga ham tarkibdan joy topish ustida bosh qotirish kerak bo'lardi. Qanotdan to'pni oshirish Smolov yoki Kokorinning ishi emas. Buni Samedov, Jirkov, SHatov yaxshi bajaradi. Eng ijodkor SHirokov o'ynamadi. “Terek”ning hujumlari bog'liq bo'lgan Ivanov zaxirada o'tirdi.

- SHirokov Uels bilan o'ynadi.

- Lekin dastlabki ikki uchrashuvda zaxirada o'tirdi. Glushakov va SHirokov saralashda asosiy futbolchilar bo'lgandi. Birinchi o'yinni Rossiya barbod qildi, biroq keyingi bellashuvga yana o'sha tarkib tushirildi. Balki, qandaydir muammolar bo'lgandir. Murabbiy men aytganlarimdan ko'proq biladi. Lekin ko'p narsalar tushunarsiz chiqqani rost.

- Rossiyada yoshlarni chetga ketishga chorlashmoqda. 15 yil xorijda o'ynagan futbolchining bu borada fikri qanday?

- Hamma ketishi kerak. Futbol – chegaradan tashqarida. Bizda futbol yo'q. Rossiya va Ukrainada pul topish mumkin, faqat futbol o'ynash emas. Futbol yo'qligini hamma yaxshi biladi. CHempionlar ligasi chiqqanda o'sha erda futbolni ko'rishadi. Evropada futbolchi bo'lish mumkin. O'yinlarga 5 ming emas, 50 ming ishqiboz keladi. U erda tribunalardan hakam va futbolchilarga qichqirishmaydi.

- Hozir kimnidir Evropaning kuchli klublariga chaqiradi deb o'ylaysizmi?

- Yo'q. Ikki jamoadan birgina Rakickiyni chaqirgan bo'lardim. U o'yinlarni yaxshi saviyada o'tkazdi. Xato qildi, lekin intildi. Rossiyadan hech kim yodda qolmadi. Premer-ligada SHatov yaxshi ko'rindi. Smolov va Zyuba ham. Evroda Rossiyadan birgina Akinfeev yuqori darajada o'ynadi. Jahon chempionatidan keyin ko'pchilik undan tashvishlangandi, ammo u saviyada o'ynashda davom etdi. U bo'lmaganda Rossiyaning to'plar farqi salbiyroq bo'lardi. Akinfeev hech qachon CSKAdan ketmaydi.

- SHveycariya yoki CHexiya kabi mamlakatlarga Rossiyadan ketishda mano bormi?

- Hech kim u erga borishni istamasligidan boshlaymiz. SHveycariyada Rossiyada to'lanadigan maoshning 30 foizini ham berishmaydi. “Zenit”, CSKA, “Lokomotiv” yoki “Spartak”dan u erga borishdan mano yo'q. Lekin Evropa baribir Evropa ekanini tushunish kerak. Boshqacha mentalitet, boshqacha odamlar – hamma narsada farq bor. Muammo shundaki, biz bunga tayyor emasmiz. 16 yoshda xorijga ketishim omadim bo'lgan. U erda futbolchi va inson sifatida o'sdim. Bizning o'zgarishimiz va moslashishimiz qiyin. Buni ko'plab rus va ukrain futbolchilari transferi isbotlagan.

- Legionerlarga qo'yilgan cheklov ham hozirgi dolzarb mavzulardan biri. Uni qiyinlashtirish kerakmi, osonlashtirish yoki umuman bekor qilish?

- Yaxshi futbolchi bo'lish uchun ularni tarbiyalash kerak, keyin ularni Evropaga sotish foydali bo'ladi. “Zenit” va CSKA kabi klublar oldiga Evropa Ligasi yoki CHempionlar Ligasini yutish vazifasi qo'yilgan, ularning maqsadi borligi tushunarli. Ular uchun Xalk yoki boshqa futbolchini 50 millionga sotib olgan qulayroq. Yoshlar esa zaxirada o'tirib, vaqtini kutadi. Zobninni oling. Potenciali bor iqtidorli yigit. Agar “Dinamo”du qulash bo'lmaganda hozir o'ynayotgan darajasida ham to'p tepmayotgan bo'lardi. Unga o'ynashga imkon berishmagan bo'lardi. CHunki maydonga ko'proq maosh oladigan futbolchilar tushirilardi. Ularga ko'p pul to'lashdimi – ajratilgan summani oqlash uchun ular o'ynashi lozim. “Zenit”da shunday. Yusupov bizda bo'lganida o'ynashi kerakligini aytgandik. Ammo Noboani sotib olishdi va yosh o'yinchi bir yil zaxirada o'tirdi. Muammo boshlangan paytda tarkibga qaytarishdi. U tarbiyalanuvching, eng kam maosh bilan o'ynashda davom etadi.

Menimcha, muammo cheklovda emas. Muammo bolalar-o'smirlar maktablaridan boshlanadi. Aslida maktab tizimi asosiy tarkib uchun ishlashi lozim. Yoshlar jamoasidan futbolchi birinchi jamoaga o'rtatilgan, tayyor holda kelishi kerak. Bizda esa bolalar o'rtasida natija birinchi o'rinda turadi. BO'SMlarda bu hech kimni xavotirga solmasligi shart. Maktabning natijasi uning tarbiyalanuvchilari orasidan etakchilar jamoaga o'tganlar bo'lishi darkor. Biroq bizda boshqacha tushuncha mavjud. 12 yoshli bolalarni murabbiylar viloyat, shahar, mamlakat chempionatini yutishga majburlashadi. Qanday yutishning farqi yo'q. Muhimi – g'alaba qozonish. Bu kimga kerak? SHu oddiy haqiqatga to'g'ri anglash bilan etib bormayapmiz.

Bazida bular hech kim kerak emasdek taassurot uyg'onadi. Har kimning vazifasi bor. “Dinamo”da shu haqida gapirardim. Hech kim quloq solmagan. SHunday deyishgan: “Voronin hamma bilan urushadi”. 5 yil avval “Dinamo”ni tamom qilishayotganini aytgandim. “Dinamo” hozir qaerda? CHo'kib ketdi. Atayin cho'ktirib yuborishdi.

- Kim?

- Kim ekanini aniq bilmayman. Lekin jamoani shunchaki yo'q qilish mumkin emas. Faqat Rossiyadagina buni chin ko'ngildan amalga oshirishlari mumkin. Tizimni butunlay o'zgartirish kerak. Ispan, gollandlar barchasini allaqachon o'ylab bo'lishgan. Odamni ishga yolla, pulini to'la va u senga maktab ishini yo'lga qo'yib beradi. Xohish bo'lsa etarli. 5-10 yildan keyin bo'lsa ham ishlar oldinga siljiydi. Bizda esa oxiri yo'q tarzda aybdorlarni qidirishadi. O'zidan “Futbol uchun nima qildim” deyish o'rniga.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика