So’nggi yangiliklar

08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2

"Barselona" Belgiyada mag'lub bo'lmagani ham aslida bir mo'jiza Yangiliklar

"Barselona" Belgiyada mag'lub bo'lmagani ham aslida bir mo'jiza

Oxirgi vaqtlarda tanqidlar yomg'irida qolgan Yamal 3 ta golda ham ishtirok etdi.

"Barselona" "Bryugge"da mag'lub bo'lmagani ham aslida bir mo'jiza – 3:3. 

Belgiyaliklar uchrashuv oxirida to'rtinchi golni ham urishga muvaffaq bo'lgandi – lekin "VAR" hujumdagi fol tufayli golni bekor qildi. O'yin qanday bo'lganini bir chetga qo'yib tursak, "Barsa" uch safar ham hisobda ortda qolayotganida muvozanatni tiklagani – fakt.

Jarohatlangan muhim futbolchilar Pedri va Rafinyasiz kataloniyaliklar ancha qiynalishmoqda. Andreas Kristensen ham tayyor emas, Pau Kubarsi charchagan va bu safar ham zaxirada qoldirildi. Ha, Dani Olmo va Robert Levandovski safga qaytgan – ikkinchi bo'limda maydonga tushirildi, ammo aytarli bir nima qila olishmadi. Darvozabonlar Joan Garsiya va Mark-Andre ter Shtegen xuddi Gavi singari anchadan buyon lazaretda. Tarkib bilan muammolar to'planib qolgan, endi buning bosimi sezilmoqda. O'yin oxirida Erik Garsiyaning burnini ham sindirishdi.

O'yinning 6-daqiqasida "Barsa" gol o'tkazib yubordi: suniy o'yindan tashqari holatni yuzaga keltirishda Jyul Kunde sustkashlikka yo'l qo'ydi – natijada vinger Karlush Borjesh oldinga o'tib bordi va to'pni Nikolo Trezoldi tomon yo'lladi, u esa Ronald Arauxo bilan pozicion kurashda ustun keldi hamda hisobni ochdi. Ofsayd chizig'i bu safar ham ish bermadi. 

"Barselona" ikki daqiqa o'tib muvozanatni tikladi: Lamin Yamalning ajoyib uzatmasidan keyin Fermin Lopes jarima maydonchasidagi Ferran Torresni ko'rdi va ispaniyalik hujumchi to'pni darvozabon Nordin Yakkersning yonidan ustalik bilan o'tkazib yubordi. Qayd etish lozim, Fermin qatorasiga to'rtinchi o'yinda samarali harakat amalga oshirmoqda, ECHL doirasida "Olimpiakos" bilan avvalgi bahsda u xet-trik qayd etgandi.

Biroq hozir bu unchalik ham muhim bo'lmasa kerak. 

"Barselona" to'p bilan ko'proq muomalada bo'lib, vaziyat yaratishga urinardi, golni esa "Bryugge" urib ketdi: burchak zarbasidan keyin qarshi hujumga ispanlar tayyor emasdi, to'pni maydon markaziga yaqin zonada Nikolo Tresoldiga oshirib, qayta qabul qilib olgan Borjesh katta tezlikda oldinga o'tib ketdi hamda Voycex Shchensnini yana ranjitdi. 17-daqiqadayoq "Barsa" 1:2 hisobida yutqazayotgandi! 

Ikkinchi bo'limda gollar bayrami davom etdi: 61-daqiqada Yamal muvozanatni tikladi, o'sha vaziyatda u Messini yodga solib yuborgan bo'lsa ajabmas. Shuningdek, Ferminning tovon bilan amalga oshirgan uzatmasini hamda futbolchilar bir-birini qanchalik yaxshi tushunishini takidlash lozim. Yordi Kroff ispan televideniesida yuqori baho berib, bu kabi kombinaciyalar klubning eng buyuk davrlarini yodga solishini aytdi.

"Bryugge" bu safar ham to'xtab qolmadi va uchinchi golni urishga erishdi: yana o'sha Borjeshga 33 yoshli Xans Vanakenning himoyachilarni dog'da qoldiradigan uzatmasi va hisob 3:2. Flik shogirdlarini yana o'ta yuqori himoya chizig'i uchun jazolab ketishdi!

Tabiiyki, 21 yoshli Borjesh gol+pas tizimida 2+1 qayd etgan uchrashuvning asosiy qahramoni bo'ldi. XG bo'yicha uning ko'rsatkichi 8.4, Yamalda sal kamroq: 8.3. Lekin Lamindan bunday yorqin o'yinni taxmin qilish mumkin bo'lgan bo'lsa, Borjesh juda ko'pchilikni hayron qoldirgani bor gap. 

"Barsa" yana o'yinni qutqarish uchun hujumga tashlandi. Va jamoa buni uddalay oldi: 77-daqiqada yana o'sha Yamalning faolligidan keyin Xristos Colis to'pni o'z darvozasiga burib yubordi. Balki ishonmassiz, lekin bu goldan keyin ham "Bryugge" to'liq himoyaga yotib olishni o'ylamadi va so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketishlari ham mumkin edi. 

Voycex Shensni o'zini Noyerdek his qildimi, jarima maydonchasi ichida raqib hujumchisini aldashga qaror qildi va kalovlanib qoldi – forvard Romeo Vermant to'pni bo'sh qolgan darvozaga osonlik bilan yo'llab qo'ydi.

Belgiyaliklar o'zida yo'q xursand edi: "Nahotki, biz chindan "Barselona"ni taslim qilgan bo'lsak".

Ammo, lekin, biroq... Nasib qilmagan ekan. Bosh hakam Entoni Teylor vaziyatni takroran ko'rish uchun monitor oldiga yo'l oldi va Vermant darvozabonga nisbatan fol ishlatgan, deb hisobladi – gol bekor qilindi. Bu vaziyat bo'yicha sizning fikringiz qanday, fol bormidi?

Bir tomondan olib qarasak, bu belgiyaliklarning "ketmoni uchgan" oqshom edi, ammo oxirida... Nima bo'lganda ham bu durangni "Bryugge" muxlislar hali uzoq vaqt yaxshi xotiralar bilan eslab yurishadi.

Ispanlar uchun yaxshi yangiliklardan esa Lamin Yamal sifatli o'yin o'tkazdi: uch marta sheriklari zarba berishi uchun uzatma berdi, besh bor driblingda raqiblarini dog'da qoldira oldi va 3 ta gol yuzaga kelishida bevosita ishtirok etdi. Kim biladi deysiz, balki bu Yamalning "Oltin to'p" marosimidan keyingi eng yaxshi uchrashuvi bo'lgandir. Ferminning faolligini ham etibordan chetda qoldirsak, adolatdan bo'lmaydi. 

Shunday bo'lsada, "Barselona"ga savollar javoblardan ko'proq. Ularni inkor etishning ortiq imkoni yo'qdek. Xansi Flik final hushtagidan bir necha daqiqa o'tib, "Movistar" efirida markaziy chiziqda shuncha va bu kabi qo'pol xatolar – o'rganib chiqish va echim topish kerak bo'lgan muammoligini tan oldi.

"Barselona" TOP-8dan tushib ketdi – hozircha vahimaga o'rin yo'q, oldinda yana 4 ta uchrashuv bor. Lekin ularda ham omad raqibga kulsachi?

Flik nimanidir o'zgartirarmikin? O'zgartira olarmikin? Pedri kamida dekabr oyigacha jamoaga yordam bera olmaydi. "Poezdlar ketib qolmasligi" uchun muammolarni esa hozir, shu erda hal qilish kerak.

Reyting: +7   

Fikrlar

+1   
06 noy 23:12:42
Nurbek Primov
Barsanggayam realinggayam quydim olga U17
   
06 noy 21:44:22
Aliakbar RM
Utkirjon foydalanuvchining fikriga javob berish
Шенсни чекиб куйди судья ёпиб кетди тугриси шармандалик
To'g'ri archiva var ham shu fikrda ekspertlari
   
06 noy 19:51:55
Utkirjon
Шенсни чекиб куйди судья ёпиб кетди тугриси шармандалик
   
06 noy 19:01:44
BarsAndijon
Омад келмаса кийинда 3та штангани 1та аник буганида булди эди такдирда бори шу экан майли кейинги уйинларда омад!
   
06 noy 18:15:33
Mardonbek Sobirov
Barca katta ehtimol 8 talikda boʻlsa kerak Rafinya bn Garsiya Joan qaytsa hammasi iziga tushib ketadi
-1   
06 noy 20:44:57
Sho‘rchidan
Bitta o‘taketgan realchi o‘zini xuddi neytraldek ko‘rsatmoqchi bo‘lyapti. Lekin baribir bildirib qo‘yayapti bolapaqir. Meni qiziqtirgani nimaga buncha barsaga osilib qoldi bu To‘xtamirzayevni tirmizagi.
-1   
06 noy 18:05:15
Жамшид Jamshid
X bet
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика