Ter Shtegenning xizmatlari Premer-liga klublariga taklif qilindi
24 okt 2025 15:59
Yangiliklar
Ter Shtegenning xizmatlari Premer-liga klublariga taklif qilindi
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bu qishda Kataloniya poytaxtini tark etishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
"TBR Football" nashrining xabar berishicha, germaniyalik darvozabon "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Vest Xem" kabi bir qator APL klublariga taklif etilgan. "Barselona" uni yanvar oyida ijaraga berishga tayyor.
33 yoshli futbolchi belidan olgan jarohati tufayli ushbu mavsum o'ynamadi, ammo yozda Joan Garsiya bilan shartnoma imzolanganidan so'ng u "Barselona" boshlang'ich tarkib futbolchisi emas.
Ter Shtegenning shartnomasi hali 2,5 yil amal qiladi, biroq kelasi yozda Jahon chempionati finalini yodda tutgan holda, u mavsumning ikkinchi yarmida o'ynashni xohlaydi.
Avvalroq "Barselona" kutilmagan homiylik shartnomasini imzolagan edi.
O’xshash yangiliklar
03:15
APL. "Manchester Yunayted" "Byornli" bilan durang o'ynadi, "Nyukasl" "Lids"ni mag'lubiyatga uchratdi 11
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar