So’nggi yangiliklar

12:36Ямал фаолиятидаги илк хет-трикини қайд этди. У Ла Лига ўйинида учта гол урган "Барса" тарихидаги энг ёш футболчи  0 11:56Ройс “Лос-Анжелес Гэлакси” билан шартномасини узайтирди  1 11:27Чалханоглу "Интер"ни тарк этиши мумкин  0 11:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Япония ва АҚШ билан ўйнайди  0 10:42Мирзаевнинг қайтиши, дебют голлар ва "темирйўлчилар" ғалабаси — "Локомотив" - "Сурхон" учрашувидан галерея  0 10:07"Ливерпуль" футболчиси учун мавсум якунланди  0 09:40"Барселона" Маркус Рэшфорд келажаги борасида бир қарорга келди  2 09:13"Локомотив" легионери биринчи турдан сўнг жароҳат олди  0 08:45Суперлига. "Локомотив" – "Сурхон" 3:1  1 08:45"Реал" етакчилари "Манчестер Сити"га қарши учрашувда майдонга тушмайди  4 08:35Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" 1:2  0 08:19Эрон футбол федерацияси президенти эронликларни ЖЧ-2026 да иштирок этмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  16 07:52Ямал ХХI асрда ушбу натижага эришган илк футболчи  0 07:26Суперлига. Бугун 1-тур якунланади  8 07:00Эрон терма жамоаси ЖЧ-2026 да иштирок этмаслиги мумкин — Маrcа  8

Eshitdik-da! O'FA qo'mitasi "Navbahor"dan 3 ochko olib tashladi Yangiliklar

Eshitdik-da! O'FA qo'mitasi "Navbahor"dan 3 ochko olib tashladi

3 noyabr kuni O'FA binosida bir vaqtning o'zida Tartib-intizom qo'mitasi hamda Futbolchilar maqomi bo'yicha qo'mitasi qo'shma yig'ilish o'tkazgan.

Avvalroq mazkur qo'mitalar "Neftchi", "Qumqo'rg'on-1977", "Buxoro", "Andijon", "Xorazm", "Navbahor" klublaridagi qarzdorlik va mazkur klublar Futbolchilar maqomi bo'yicha qo'mita qarorlariga bepisand munosabatda bo'linayotgani masalasini ko'rib chiqishi bo'yicha xabarlar tarqalgandi. 

Olingan malumotlarga ko'ra, mazkur xabar O'FA rasmiy sahifalarida elon qilingach, "Neftchi" o'zining sobiq futbolchilari bilan to'liq hisob-kitob qilgan. Shuningdek, "Buxoro" va "Xorazm" klublari "Paxtakor" oldidagi, "Andijon" esa "Bunyodkor" oldidagi qarzini uzishga kirishgan. "Qumqo'rg'on-1977" va "Navbahor" klubida esa o'zgarish kuzatilmagan. 

Shundan kelib chiqib, O'FA Tartib-intizom qo'mitasi "Qumqo'rg'on-1977" klubini Birinchi liga musobaqasidan chetlashtirish, "Navbahor" futbol klubidan esa 3 ochko olib tashlash va ketma-ket ikki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaslik qarorlarini qabul qilgan. Qo'mitalarning qo'shma yig'ilishiga uch kun o'tgan bo'lsa-da, O'FA hozirga qadar mazkur qarorni rasman ochiqlagani yo'q.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика