So’nggi yangiliklar

15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  1 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1

Andrey SHipilov: “Mavsumning oxirgi qismi dahshatli bo'lishini kutyapman” Yangiliklar

Andrey SHipilov: “Mavsumning oxirgi qismi dahshatli bo'lishini kutyapman”

Coca Cola superliga 21-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Metallurg”uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Andrey SHipilov ishtirok etdi.

- Biz uchun sentyabr oyi juda og'ir keldi. Bundan oldingi o'yinlarda mag'lubiyatga uchragandik. Bugun safarda g'alaba qozondik.

Birinchi bo'limda shogirdlarimning hatti-harakatlarini tushuna olmadim. Futbolchilarimiz yomon o'ynashdi. To'g'ri safarda uchta gol urdik, uch ochko oldik , lekin bugungi o'yinimiz meni qoniqtirmadi. Professional futbolchilar bunday o'ynamasliklari kerak. Birinchi taymda juda sust o'ynadik. Futbolchilar go'yoki maydonda uxlashdi. Menimcha, ular o'yinga bunday munosabatda bo'lmasliklari lozim. “Qo'qon-1912” jamoasi bugun yaxshi to'p surdi. Jamoa etakchilarisiz ham maydonda o'zini yo'qotib qo'ymadi. Qo'qonliklar bugun muxlislarbop futbol ko'rsatishdi. Xolmuhammedov qizil kartochka olib maydonni tark etgani foydamizga ishladi.

Mavsumning oxirgi qismi dahshatli bo'lishini kutyapman. So'nggi turlardagi har bir ochko jamoalar uchun qimmatli sanaladi. SHuning uchun shogirdlarimga xotirjamlikka berilmaslikni so'radim. Hali bizni qiyin uchrashuvlar kutmoqda.

Bugungi o'yindagi eng faol o'yinchi bu Quvondiq Ro'ziev bo'ldi. Umuman olganda, Quvondiq barcha o'yinlarni yuqori darajada o'tkazmoqda. Uning o'yinlarning ancha vaqtdan beri kuzatib kelaman. Uni bejizga terma jamoaga taklif etishmadi.

SHaxboz Erkinov ham zaxiradan maydonga tushib o'yinni ancha kuchaytirib yubordi.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика