"Surxon" o'rtoqlik uchrashuvida "Metallurg" ustidan g'alaba qozondi

Оқил Абдубарноев
27 iyun 2026, 22:06
Termizning "Surxon" jamoasi o'quv-yig'in mashg'ulotlari doirasida Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Keskin va murosasiz ruhda kechgan bahsda "to'lporlar" 3:2 hisobida zafar quchdi.

Termizliklar safida Stefan Chinedu dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golga Farruh Qodirov mualliflik qilgan.

Mazkur o'rtoqlik o'yini bilan "Surxon" klubining 14 kun davom etgan o'quv-yig'in mashg'ulotlari yakuniga etdi. Endilikda futbolchilar qisqa muddatli tanaffusga chiqishadi va shundan so'ng jamoa tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати