So’nggi yangiliklar

15:32Саратонни енгган "Атлетик" футболчиси допинг туфайли дисквалификация қилинди  0 15:05ЎзПФЛ делегацияси АҚШда MLS тажрибасини ўрганмоқда  1 14:48Алвес ЦСКА футболчисига айланди. Унга 7-рақам берилди  4 14:30"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади  0 14:06"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми!  3 13:37Диёр Имомхўжаев: "Фақат хато қилган ҳакам эмас, клуб ҳам жазоланиши керак"  5 13:09"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди  1 12:46Италия, Германия, Россия ва Осиё қитъаси вакиллари "Динамо" футболчисига қизиқмоқда. Музокаралар давом этмоқда  14 12:25Диёр Имомхўжаев: "ПФЛдаги биринчи иш кунимданоқ "кичик уруш" бошланган"  4 11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  9 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  5 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  13 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  14

Andrey SHipilov: "Mavsum oxirigacha shifokorimiz bosh murabbiydan ham muhimroq shaxsga aylandi. Bugungi g'alabamizni unga ataymiz" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Mavsum oxirigacha shifokorimiz bosh murabbiydan ham muhimroq shaxsga aylandi. Bugungi g'alabamizni unga ataymiz"

Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Metallurg" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi restartni yomon boshladik. Oldingi ikki turda "hayotimiz shirin" bo'lgani yo'q. Bugun esa ikkala taymda yaxshi o'ynaganimiz ko'rindi. Yigitlar harakat qilishdi. Natija qanday bo'lishidan qatiy nazar bugun shogirdlarimning o'yinidan qoniqdim.

Ravshan Haydarovning imzosi ko'rinib turibdi. Qisqa vaqt ichida uning falsafasi jamoaga singdirilgan. Bu kishiga qarshi kurash olib borish yoqimli bo'ldi. Hisob tenglashganida yana gol ura olishimizga ishondim. Bugun mag'lub bo'lganimizda adolatdan bo'lmasdi, sababi biz to'pga egalik qildik va tashabbusga ega edik.

G'alaba qozondik va noxush seriyamiz yakunlanganidan xursandman. Ketma-ket uchta o'yinda ochko olomaslik yomon bo'lardi. Oldimizda hali qiladigan ishlar ko'p. Keyingi turdagi raqibimiz "Mashal" juda ham "jonli" jamoa. Keyingi o'yinlarga bor masuliyat bilan tayyorgarlik ko'ramiz.

Balki bugun chiroyli futbol bo'lmagandir, ammo natija qo'lga kiritildi. Bazida shunday ham qilish kerak. Futbol o'ynashga harakat qilayapmiz.

Har bir mashg'ulot va har bir o'yinda isbotlash kerakligini aytaman. Davron Anvarov o'yindan-o'yinga o'z o'yinini kuchaytirmoqda. Oldingi o'yinlarda bir taymdan o'ynayotgandik, professional futbolchilar esa ikki taym o'ynashi kerak.

Bugun CHumak va Otaxonovning tug'ilgan kuni edi. Ularga g'alabani sovg'a qilmoqchi edik. Birinchi navbatda esa bugungi g'alabamiz jamoa shifokoriga ataldi. Sababi u so'nggi haftalarda juda katta hajmdagi ishni bajardi. Aytish mumkin bo'lsa mavsum oxirigacha shifokorimiz bosh murabbiydan ham muhimroq shaxsga aylandi. Unga katta rahmat aytmoqchiman", - deydi Andrey SHipilov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика