So’nggi yangiliklar

14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  0 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  7 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  15 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  6 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  7 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  3 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  21 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  20

Andrey Miklyaev: "Al Ittihod"ning legionerlarini o'rganib chiqdik" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Al Ittihod"ning legionerlarini o'rganib chiqdik"

Teglar :  LokomotivAl Ittihod
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Ittihod" uchrashuvidan oldin ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismda "Lokomotiv" ustozi Andrey Miklyaev va yarim himoyachi Temur Kapadze qatnashdi.

“Barchani yangi mavsum boshlanishi bilan tabriklamoqchiman. “Lokomotiv” ertaga mavsumdagi ilk uchrashuvni o'tkazadi. “Al Ittihod”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Ularni BAAdagi yig'inini kuzatdik. Pley-off bosqichidagi o'yinni tomosha qildik. Raqibdan ko'ra bitta ko'proq gol urishni istaymiz”, - deydi Andrey Miklyaev.

“Barcha jamoalarimizga Osiyo chempionlar ligasida omad tilayman. Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasini ham Jahon chempionatiga chiqqani bilan tabriklayman. Ertangi o'yinga barcha yigitlar tayyor holatda. Bor kuchimiz bilan o'ynaymiz va g'alaba qozonishga umid qilamiz. Birinchi o'yin juda muhim. Ertaga bizni qo'llab-quvvatlaydigan muxlislarni xursand qilmoqchimiz”, - deydi Temur Kapadze.



- Raqib murabbiyi “Lokomotiv” hali rasmiy o'yin o'tkazmagani ularga salbiy tasir qilishi mumkin deb aytib o'tdi. Bunga munosabatingiz?
Temur Kapadze:
- Bu har yil bo'ladigan holat. Arab klublari bu davrda o'yin borasida bizdan ustun bo'lishadi. Ammo biz o'z uyimizda o'ynaymiz. SHu bois har bir qarich er uchun kurash olib boramiz va g'alaba qozonishga urinamiz.

- Raqibning legionerlarini o'rgandingizmi?
- Albatta jamoa safida 4 nafar legioner bor. Ruminiyalik yarim himoyachi Sanmarten juda tajribali futbolchi hisoblanadi. Venesuelalik hujumchi Rivas 17ta gol urganini bilamiz.

- “Al Ittihod” ustozi g'alaba uchun kelganini aytib o'tdi. Bu sizlarga bosim o'tkazmaydimi?
- Guruh bosqichida har bir jamoa g'alaba uchun o'ynaydi. Bu tabiiy holat. Biz ham g'alaba umidida maydonga tushamiz. Maqsadimiz guruh bosqichidan chiqish.



- Ertangi o'yindan oldin yo'qotishlar yo'qmi?
- Aliboevda kichik jarohat bor. Uni o'rnini bosa oladigan futbolchilar bor. Qolgan barcha o'yinga tayyor.

- Ertangi o'yindan oldin muxlislarga tilaklaringiz...
Temur Kapadze:
- Bizni kelib qo'llab quvvatlashsin. Bizga bu katta kuch beradi. Agar stadionga kela olishmasa TV orqali bo'lsa ham duo qilib bizni qo'llab turishsin. Ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика