So’nggi yangiliklar

00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  1 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0

Andrey Fyodorov: "Lokomotiv" atrofidagi gap-so'zlar bizga umuman tasir ko'rsatgani yo'q" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Lokomotiv" atrofidagi gap-so'zlar bizga umuman tasir ko'rsatgani yo'q"

Superliga 10-tur doirasidagi "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan keyin "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi.

Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Qarshida bizga oson bo'lmasligini, juda og'ir o'yin o'tkazashimizni kutgandik. Aslida ham shunday bo'ldi. Muhimi, natija qoniqarli bo'ldi. SHu o'rinda har 2-3 kunda o'yin o'tkazish davri tugagani va tanaffusga yaxshi kayfiyatga chiqib ketayotganimiz bilan tabriklayman. Endi chempionatda biroz to'xtalish bo'ladi. Nafasni rostlab olamiz.

O'yin oldidan "Lokomotiv" atrofidagi gaplar? Yo'q, biz o'z rejamizga muvofiq o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Murabbiylik ishi shunday, bugun sen ishlab turasan, ertaga esa seni ishdan olishlari mumkin. Murabbiy taqdiri shunaqa. Lekin mazkur gap-so'zlar, mish-mishlar menga ham, jamoaga ham umuman tasir etgani yo'q. Buni bugungi o'yin ham isbotlab turibdi. Hech qanday asabbuzarliksiz o'yinni o'tkazdik. O'zimizning futbolni o'ynadik. "Lokomotiv" har bir o'yinga faqat g'alabani ko'zlab tushadi. Boshqa yo'l yo'q. 

Muhammadievning holati? Afsuski Muhammadiev uzoq muddatga safdan chiqdi. 

"Lokomotiv"ning oldida doim chempionlik vazifasi qo'yiladi. Boshqacha vazifa yo'q. Biz peshqadam "Paxtakor"ga etib olish va chempionlikni yana himoya qilish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Reyting: -30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика