So’nggi yangiliklar

18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  0 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  2 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  7 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  3 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  1

Andrey Fyodorov: "Jismoniy toliqishdan kelib chiqib taktika tanladik" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Jismoniy toliqishdan kelib chiqib taktika tanladik"

"Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezmonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov hamda o'yinda "temiryo'lchilar" safida eng yaxshi futbolchi deb etirof etilgan Sanjar SHoahmedov qatnashdi.

Andrey Fyodorov: - Biz ikki kundan oldin shu stadionda ayni shunga o'xshagan o'yin o'tkazgandik. Bugungi bahs murabbiylar shtabiga yoqdi. Faqatgina ko'ngilni xira qilgan jihat gol bo'lmadi. O'yinga birgina gol etishmadi. SHuningdek, jamoamiz juda tig'iz taqvimda o'ynayotgani tufayli charchoq alomatlari sezildi. SHu boisdan ham o'yinni uchrashuv davomida kutilganidek kuchaytira olmadik. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, jamoamiz bugun noodatiyroq uslubda o'ynadi. "Paxtakor" ayni paytda chempionat peshqadami, shu boisdan ham biz bugungi o'yinga shu tariqa tayyorgarlik ko'rdik. Tanaffusdan keyin futbolchilar yanada o'zlarid kuch topa olishgani uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. O'ylashimcha, biz o'yinni munosib tarzda o'tkazdik. Agarda yaratilgan vaziyatlardan bittasini golga aylantirganimizda, hozir g'alaba qozongan bo'lardik.

- Avvalgi murabbiylar shtabi koreyalik CHo Suk Jaeni maydonga tushirmayotgandi. Sizga uning uning harakatlari maqul kelmayaptimi? Umuman olganda ushbu legioner hujumchi nega ko'rinmayapti?

- CHo Suk Jayning imkoniyatlari yuqori. Hozircha u raqobatda mahalliy futbolchilarga yutqazmoqda. "Lokomotiv" kuchli jamoa. Bu erda har qanday yangi futbolchiga asosiy tarkib uchun kurash juda qiyin kechadi. Kamiga CHo Suk Jae o'ynayotgan poziciyada o'tgan yilgi chempionatning eng kuchli futbolchisi to'p tepadi. Nivaldo ham har doim maydonga tushmayapti. CHunki raqobat yuqori. Bazan taktikadan kelib chiqib bir uni, bir buni maydonga tushiryapmiz. CHo Suk Jae shu tempda mashg'ulotlarda ishtirok etaversa, yaqin orada o'z imkoniyatini oladi. 

- SHerzod Karimov ko'rinmayapti...

- SHerzod Karimov betob. "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan oldin Karimov shamollab qolgandi.

- Ikkinchi bo'limda jamoa biroz himoyaga etiborni kuchaytirgan holda o'tkazdi. Bu jismoniy toliqish bilan bog'liqmi yoki taktika?

- Bu taktika bilan bog'liq. Taktika esa jismoniy toliqishdan kelib chiqib tanlandi. CHunki biz juda tig'iz taqvimda o'yin o'tkazyapmiz. Ayni paytda "Loko" chempionatda eng ko'p o'yin o'tkazgan jamoa.

Sanjar SHoahmedov: "Juda qiziq va chiroyli o'yin bo'ldi. G'alaba qozonishga harakat qildik. Ammo bu futbol. Kimdir yutadi va kimdir yutqazadi. O'zimizni imkoniyatlarimizni golga aylantirganimizda hozir 3 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lardik".

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика