Andre SHyurrle 29 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi
17 iyu 2020 18:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581907_original.jpg)
![](/upload/storage/581907_220.jpg)
Andre SHyurrle 29 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi
Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Andre SHyurrle faoliyatini yakunladi.
"Barchaga professional futboldan ketayotganimni aytmoqchiman. O'zim va oilam nomidan shunday ajoyib yillarning bir qismi bo'lgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Sizning menga ko'rsatgan qo'llab-quvvatlash va sevingiz ajoyib edi. Bu men xohlagandan ham ko'proq edi. Hozir esa barcha ajoyib imkoniyatlarni ochishga tayyorman", - deb yozgan SHyurrle.
SHyurrle 2014 yilda Germaniya bilan JCHda g'olib bo'lgan va 2 bor Evropa chempionatida 3-o'rinni qo'lga kiritgan. "CHelsi" bilan esa Angliyaning 2014/15 yilgi mavsumini yutgan, shuningdek ikki bor Germaniya Kubogi ("Borussiya" (Dortmund) va "Volfsburg" bilan)da zafar quchgan. U shuningdek "Maync", "Fulxem" va "Bayer" klublari sharafini ham himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar