So’nggi yangiliklar

09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  3

Andoni Subisaretta “Ketishim faoliyatim bilan bog'liq emas” Yangiliklar

Andoni Subisaretta “Ketishim faoliyatim bilan bog'liq emas”

“Barsa” afsonalaridan biri Xavi “Kamp Nou”dagi xayrlashuv uchrashuvidan keyin intervyu berib, keyin birdaniga efirni yakunlashga tayyor turgan muxbirning qo'lidan mikrofonni olib, “Andonining jamoa uchun qilgan ishlariga minnatdorchilik bildiraman” deb takidlagandi.

Ayni paytda Kataloniya klubidan ketganiga bir yildan oshgan Subisarreta xorijlik hamkasblarimiz bilan suhbatda ketishi sabablari va boshqa holatlar yuzasidan berilgan savollarga javob berdi.

- Ketganingizdan so'ng bir yil o'tdi. Bu o'ta qo'pol va adolatdan bo'lmadi, shundaymi?

- O'shanda va hozir ham ketishim professional majburiyatim bilan bog'liq emasligiga ishonaman. U ko'proq futboldagi siyosat bilan bog'liq edi. Buni men yaxshi farqlamayman. To'g'risi, bunday o'yinlarni qanday yuritishni bilmayman. Ehtimol, bu kamchiliklardan biridir.

- Vaqt siz haq ekaningizni ko'rsatdi.

- Biz boshqargan jihatlar va qabul qilgan qarorlarimiz juda aniq edi. SHu sababli men va Bartomeu ularni bo'lishib olganmiz. FIFA tomonidan transferlarga taqiq tufayli jamoaga katta investiciya kiritildi. Bir yarim yildan keyin rostdan katta hajmdagi ish amalga oshirilganini his qilyapman: bizga raqobatbardosh jamoa qurish nasib qildi, bosh murabbiyni tanlashda adashmadik, bir qator futbolchilar biz kutgandek professional tarafdan o'sishga erishdi, boshqalar moslashib ketishdi. Bularning hammasidan keyin “Barsa” ijrosidagi o'yinga boqib, bir vaqtning o'zida zavq va og'riqni his qilaman.

- Qiyinchilikka dosh berishda nima yordam berdi?

- Futbol. Og'ir yildan keyin aytishim mumkin: futbol afsuslanishni engib o'tishga yordam berdi. U meni yolg'izlikdan, 5 yanvarda men tushib qolgan sovuq va iflosdan qutqardi. Futbol deganda maydonning o'zida sodir bo'ladigan holatlarni nazarda tutdim, gollar, to'p oshirishlar, o'yinchilar, darvozabonlar mahorati. Hech kim o'sha kuni nimalarni his qilganimni tasavvur qilolmaydi. Gap ishimdan ayrilganimda emas. O'shanda men “Barsa” taqdim qiladigan buyuklik qarshisida yolg'iz qoldirilgandim.

- Ishingiz “Barselona”ga futbol cho'qqisida qolishga yordam bergan bo'lishiga qaramay, siz og'riqni his qilyapsiz.

- Men, Narcis Juli va Alberto Valentin o'ylagan va amalga oshirgan ishlar “Barsa”ga foyda keltirdi va jamoa ajoyib natijalarga erishdi. Bu katta faxr keltiradi. Bu futbolning meni qutqargan bir qismidir. Siyosat, biznes va boshqa turli jihatlarga bog'lanmagan toza futbol qismi.

- O'zingizni rosmana baxtli inson deb his qilmaysizmi?

- Muammo shundaki, men baxt hissini qayta kashf qila olmayman. Ha, o'zimni baxtli deb hisoblamayman. Haqiqiy baxt uchun muvaffaqiyatingni boshqalar bilan baham ko'rish zarur, faqat hamkasblaring bilan emas, balki futbolchi va murabbiylar bilan ham. SHu erda yana yolg'iz qolib ketaman.

- SHuning uchun Yaponiyada o'tgan klublar o'rtasida jahon chempionatiga tashrif buyurishdan bosh tortdingizmi?

- Menga klub va prezident bilan munosabatni yaxshilash nasib qildi, lekin bo'lib o'tgan voqeaning tasiri qolgan. SHunchaki hurmat va tushunish talab qilaman. Safardan bir sababga ko'ra bosh tortdim: jamoang jahonda eng yaxshi bo'lgani faxr va quvonch ulashgani holda uni o'yinchilar, murabbiylar va klub xodimlari bilan baham ko'rish nasib etmaydi. Bu esa alam va achinish taqdim qiladi. SHuning uchun safar hech qanday ahamiyatga ega emasdi. Prezidentga taklifnoma uchun minnatdorchilik bildirdim.

- Klubda barchasi qanday boshlangan?

- Sandro Rossel va Pep Gvardiola menga ishongan kundan boshlab. Va men ikki professional inson – Narcis va Albertni uchratganimdan keyin. Ular allaqachon klubda edi va biz ajoyib jamoaga aylandik. 2010 yil klub oldida ikki muhim masala turardi: yuqori saviyali ijrochilarga ega bo'lsak-da, o'sha darajani saqlab qolish va jamoada Pep ketadigan bo'lsa, qanday yo'l tutish. Barcha bu faqat Gvardiola jamoa tepasida qolsagina mumkin deb o'ylardi.

- Jamoa natijalariga boqsak, har ikki savolga javob topish nasib etdi.

- Omadli va xato qarorlar, yaxshi va yomon 5 yildan keyin aytish mumkin, “Barselona” hamon cho'qqida. Faxriy va yosh futbolchilar hamon ajoyib o'yin ko'rsatishda davom etmoqda. Bu futbolchilar va ularni shug'ullantirayotgan inson muvaffaqiyati.

- Va rejalashtirish bilan shug'ullanuvchi insonlarning ham.

- “MYU” ustidan CHempionlar ligasidagi g'alabani eslaysizmi? O'shanda raqib ham ser Aleks va etakchilar jamoadan ketsa, nima bo'lishi to'g'risida savol berishardi. O'shanda biz juda kuchli va ajoyib holatda edik, lekin raqobatbardosh va o'sib borish ustida o'ylardik.

- “Barsa”ning uslubi savolga javob topishni murakkablashtirganmi?

- “Barsa” tanlagan yo'l o'ziga xos va odatiy emas. Ko'pchilik o'shanda bunday o'yin faqat Pep boshchiligida va uning qo'l ostida bo'lgan Messi, Xavi, Inesta, Puyol, Valdes kabi futbolchilar bilan mumkin deb o'ylardi. Ulardan kimdir klubdan bo'lmaganda jamoa g'alaba qozonish uchun yangi yo'lni tanlashi va o'sha jamoa haqiqiy “Barsa” bo'lmasligi to'g'risida gapirardi. Yana qo'shimcha muammo nimada edi? Hech kim bizdek o'ynamasdi va bunday turdagi o'zgarishni amalga oshirmalik kerak edi. Bu xuddi issiq kiiyngan odamlar ichida kalta narsa kiiyb yurib, ustimga biror narsa tashlashim darkor ekan deb o'ylash bilan barobardir.

- Va jamoa o'z uslubida davom etmoqda.

- Har doimgidek. Bizga uslubimizga ishongan futbolchilar borasida ham omad kulib boqqan. Ular raqib tanlagan turli o'yin uslublariga qarshi qiyinchilikni boshlaridan o'tkazishdi. 2011 va 2015 yillardagi finallarni oladigan bo'lsak, o'yinni ko'riboq qaysi jamoa “Barsa” ekanligini osonlikcha topasiz. Ter SHtegen Valdes o'rnida, Alba Abidal o'rnida, Rakitich esa Xavi, Suares va Neymar Pedro va Vilya o'rnida o'ynadi, lekin “Barsa” shundayligicha qoldi. Liboslarda chiziqlar o'zgargan, lekin g'oya o'zgarishsiz qolgan.

- Siz hamisha futbolchilarni himoya qilgansiz.

- Men klub, murabbiy, jamoa, g'oya va kiyinish xonasini himoya qilganman. Men Pepning klub uchun Fergyuson singari bo'lib, uzoq yillar jamoada qolishini qanchalik xohlaganimni tasavvur qilolmaysiz. Bir safar u menga ajoyib narsani aytib bergandi. Qachondir uning shtabi bilan raqib uslubini o'ta chuqur tahlil qilayotgandik. Xavi menga hamisha o'yinga chiqishda raqibning zaif taraflarini bilishi va qaerga zarba berish lozimligini yaxshi bilishlarini aytgandi. O'shanda bunga javoban Pep Xavi to'g'ri gapirayotgani, raqib o'yinini tahlil qilib, har bir o'yin uchun to'g'ri qaror topishni taklif qilishini aytgandi. Lekin futbolchilar doim ularga taklif qilgandan maqulroq qarorni topishlarini takidlagandi. Mana, nima uchun doim o'yinchilarna takidlab kelganman. Ular jahonda hammadan yaxshiroq o'ynashadi va buni katta bosim ostida amalga oshirishadi. Bu juda qiyin: “Barsa” libosini kiyishda kuchli futbolchi bo'lish bilan birga doim yutish kerakligini tushunish lozim.

- O'yin g'oyasi doimo jamoa sehri bo'lgan, shundaymi?

- G'oya muhokama etilmaydi, u qabul qilinadi. Bu yopiq g'oya emas. G'oya – bizning o'yin uslubimiz, lekin shunday holatlar bo'ladiki, yutish uchun o'zgarishga majbur bo'lamiz. Ish biz xohlagandek kechmaganda yutish uchun shunday yo'l tutishimizga to'g'ri keladi. “Barsa” hamisha shunday qilib kelgan. “Uembli”da Yoxan Kroyff bilan biz “Barsa” bo'lganmidik? SHubhasiz. Odatiy o'ynaganmidik? Ha, lekin chap qanotda Xuan Karlos Lombardoni o'yindan chiqarish uchun harakat qilgan. Lekin bu g'oyadan voz kechganimizni bildirmaydi. Bu har bir murabbiy va futbolchi bilan rivojlangan g'oya edi.

- Jamoaga xos bo'lmagan gollarni qo'shganda hammi?

- Albatta, shunday gollarni qo'shganda. Rimdagi finalga “Barsa” va Inestaga xos bo'lmagan uzoq masofadan urilgan gol bilan chiqqanmiz. Xuddi kecha bo'lgandek eslayman. “Bernabeu”da 6:2 hiobida yutganimizda Xavi to'pni Diarradan olib qo'yib, Messiga pas berdi va gol! Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining oxirgi finalidagi ikkinchi gol - Buskets to'pni olib qo'yib. Suaresga uzoq masofaga ajoyib to'p oshirdi. Bular gunoh hisoblanadimi? Albatta, yo'q.

- Siz aytgan g'oya aniq egasiga ega emas, shundaymi?

- Bu g'oyada bitta xo'jayin bor – “Barsa”. Klub tarixida buyuk murabbiylar bo'lgan: Mixels, Kroyff, Pep, Tito, Luis Enrike, Xavi, Inesta. Lekin barcha mualliflik huquqi “Barselona”ga tegishli hamda uning egalari g'oyani hayotga tatbiq etadigan o'yinchilar va murabbiy sanaladi.

- Luis Enrike klubdan g'oyani yo'qotishga harakat qilgani haqida aytilgan gaplarga qanday qaraysiz?

- Bunday gap 2008 yil Pep “Barsa”ni qo'lga olganda ham tarqalgan. U nima qildi? Tajribasiz murabbiy! Boshida doim shubha bo'ladi. Aynan o'sha odamlar 2012 yil Gvardiola ketganda klub qadriyatlarini yo'qotgani haqida gapira boshlashdi. Luis Enrike boshchiligida hammasi qaytadan boshlandi. Yakunda odamlar Luis qilgan ish g'oyani boyitib, “Barsa” o'yiniga o'sish olib kirish ekanligini tushunishdi.

- Biznes futboldan ustun kelayotganidan hamon tashvishdamisiz?

- Hozir oldingiga nisbatan boshqa burchakdan nazar tashlash imkoniyatiga egaman. Hozir avvalgidan ham ko'proq. 2014 yil mavsumga tayyorgarlik Evropada o'tgan, asosan futbol bilan ovora bo'lgandik va jarohatlar bo'lmagandi. 2015 yil tayyorgarlik safarli turnelar, uchrashuvlar va reklama akciyalari bilan o'tdi. Ko'p pul, ko'proq biznes, afsuski ko'proq jarohatlar bilan. Bu barcha katta klublarda ro'y bermoqda – ular yulduzlarga ko'proq to'lash uchun shunday qilishga majburlar. Bu futbolmi yoki biznes? Biznes sportdan ko'ra futbolga tasir qilayotganini his qilyapman.

- Fikringizni isbotlash uchun sizda ko'plab misollar borligini ko'ryapman.

- Bir safar Deulofeu bir hafta ichida U17, U21 va olimpiya terma jamoalariga chaqirilganini eslayman. Aqlsizlik! Yana misol xohlaysizmi? Mavsum yakunida bizni Evro, Olimpiada o'yinlari va Amerika Kubogi kutmoqda. Ha, yana bir Amerika Kubogi, uni o'tgan yili o'ynashgan bo'lsa ham. U qaerda o'tadi? AQSHda – marketing taraflama boshqa yaxshiroq joyni topib bo'lmaydi. Futbolchilarni bunday ishlatib, futbolni o'ldiryapmiz. Ehtimol, sobiq futbolchilar bilan bu muammoni hal qilishga bizda imkoniyat bo'lardi. Futbol o'ynaganlarning qarashlari bazi axmoqona masalaga yo'l topishi mumkin. Lekin klublarga o'yinchilarni saqlab qolishga pul kerak. Kimdir bularning barchasini tartibga keltirsa, juda ajoyib bo'lardi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика