"Andijon" tatildan 2 iyulda qaytadi
28 iyu 2014 18:03
Yangiliklar
"Andijon" tatildan 2 iyulda qaytadi
Birinchi davra yakunlangani munosabati bilan oliy liga jamoalari yozgi tanaffusga chiqishdi. 22 iyun kuni "Neftchi" bilan bo'lgan o'yindan keyin "Andijon" jamoasi ham yozgi tatilga chiqdi.
Futbolchilarga deyarli o'n kunlik dam berildi. Jamoa azolari 2 iyul kuni klub qarorgohiga jam bo'lishadi. SHu kundan "Andijon" ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlaydi.
Albatta, birinchi davrani jamoamiz ko'ngildagidek o'tkaza olmadi. Ketma-ket mag'lubiyatlar natijasida "Andijon" musobaqa jadvalida eng so'nggi 14-pog'onaga tushib qoldi. Buning natijasida bosh murabbiy Azamat Abduraimov istefoga chiqdi. "Neftchi"ga qarshi so'nggi o'yinda jamoani Orif Mamatkazin maydonga olib tushdi. "Andijon"ning hozirgi holatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ikkinchi davraga jamoa astoydil tayyorgarlik ko'rmasa bo'lmaydi. SHu bois 2 iyuldan jamoamiz mashg'ulotlarga qattiq kirishadi. Ikkinchi davrada jamoada qanday o'zgarishlar bo'lishi esa tayyorgarlik boshlangandan so'ng aniq bo'ladi.

Fikrlar