"Andijon": Tayyorgarlik davom etmoqda, o'zgarishlar ham bor
14 iyu 2014 13:56
Yangiliklar
"Andijon": Tayyorgarlik davom etmoqda, o'zgarishlar ham bor
“Andijon” jamoasi mashg'ulotlarni 2 iyuldan boshlashganini xabar qilib o'tgandik.
Ayni paytda jamoaning Andijondagi tayyorgarligi davom etmoqda.
Deyarli ikki haftadan buyon mashg'ulotlar Orif Mamatkazin boshchiligida olib borilmoqda. Jamoa kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqda. Futbolchilar erta tongda asosan yugurish bilan cheklanishyapti. Kechki paytdagi mashg'ulotlar esa “Sog'lom avlod” stadionida o'tmoqda. Andijondagi yig'inning dastlabki haftasida tarkibga Akbarsho Rashidxonov va Jo'rabek Yakubov qo'shilganini aytib o'tgandik. “Navbahor” tarbiyalanuvchisi bo'lgan Rashidxonov jamoada uzoq vaqt qolmadi va ortga qaytib ketdi.
O'tgan hafta oxirlaridan “Andijon” safiga yangi o'yinchilarni kelishi boshlandi. Dastlab Ayubxon Gapparov tarkibga qo'shildi. Bu futbolchi o'z vaqtida Rossiyaning ikki karra chempioni Qozonning “Rubin” klubi o'rinbosarlari safida to'p surgan. Joriy mavsumning birinchi yarmini Gapparov birinchi liga vakili “CHust-Paxtakor”da o'tkazdi. Ayni damda Ayubxon “Andijon”da ko'rikdan o'tyapti. SHuningdek, malum muddatli tanaffusdan keyin darvozabon Lochin Dolimov “Andijon”ga qaytdi. U ham bungacha birinchi ligada o'ynab, “Xotira-79 jamoasida faoliyat ko'rsatayotgandi.
Dolimovdan tashqari Oyatillo Muxiddinov ham ko'rikka taklif etildi. Yangi o'yinchilarni kelishi davom etgan holda o'tgan payshanba kuni tarkibga Iqbol Akramov bilan Aziz Alijonov qo'shilishdi. Birinchi davrani Akramov“Olmaliq”da o'tkazgan bo'lsa, Alijonov “Neftchi”da o'ynadi. “Neftchi”ning yana bir sobiq o'yinchisi Sanjar Asqaraliev ham muzokara o'tkazish uchun Andijonga kelib ketdi. Asqaraliev bungacha “Buxoro”ni CHimyonda olib borgan yig'inida ham qatnashib keldi. Uni ushbu haftadan “Andijon” tarkibiga qo'shilishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Sanjar Asqaraliev uchun “Andijon” begona jamoa emas. Muxlislarning yodida bo'lsa, u 2003 yilgi mavsumda “Andijon” safida to'p surgandi.
SHuni aytib o'tish kerakki, “Andijon”ning “Sog'lom avlod” stadionida olib borayotgan mashg'ulotlarini jamoaning ashaddiy ishqibozlari bevosita kuzatib borishyapti. Har kuni mashg'ulotlarga 50-100ga yaqin muxlis tashrif buyuryapti. Jamoaning birinchi davradagi ishtirokidan qoniqmagan ishqibozlar tarkibda ro'y berayotgan o'zgarishlardan xursand bo'lishmoqda.
12 iyul kuni futbolchilarning imkoniyatlarini tekshirish maqsadida “Sog'lom avlod” stadionida ikkitomonlama o'yin o'tkazildi. Unda “yashillar” “ko'klar”ga qarshi to'p surib 4:0 hisobida ustun kelishdi. O'yinda Temur To'xtasinov hakamlik qildi.
“Yashillar” tarkibi: Temur G'aniev (Sergey Smorodin), Temur Sultonov, Davron Tursunov, Asror Rahmonov, Alisher To'xtasinov, Ibrohim Otaxonov, Rasul Rahmonov, Mirzakamol Kamolov, Bahrom Abdurahimov, Lochin Soliev, Anvar Rajabov.
“Ko'klar” tarkibi: Muxiddin Xudoyorov, Dilmurod Mahmudov, Artur Mamatkazin, Rahim Qodirov, Aziz G'ulomxo'jaev, Bekzod G'oziev, Aziz Alijonov, Iqbol Akramov, Ayubxon Gapparov, SHuhrat Mirxoldirshaev, Akmal Jo'raboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Lochin Dolimov, Farrux Mirzaev, Alisher Azizov.
Gollar: L.Soliev, A.Rajabov (2ta), M.Kamolov.
O'yinni Sergey SHevchenko diqqat bilan kuzatib bordi. SHanba kungi mashg'ulotdan keyin futbolchilarga bir kunlik dam berildi. Kechadan esa jamoa yana tayyorgarlikka kirishdi. SHuni aytib o'tish kerakki, ukrainalik mutaxassis mashg'ulotlar o'tkazmagan bo'lsa-da, bekor o'tirgani yo'q. SHevchenko selekciya ishlarini atrofidagi insonlar bilan birga olib bormoqda. Ushbu haftada yana bir qator yangi o'yinchilarni Andijonga kelishi kutilmoqda. Agar hammasi reja asosida kechsa ikkinchi davrada “Andijon” tarkibida katta o'zgarishlar bo'ladi.

Fikrlar