"Andijon"ning eng yaxshi futbolchisiga hadya qilinadigan "Ford Mustang" Andijonda!
09 iyu 2021 00:57
Yangiliklar
"Andijon"ning eng yaxshi futbolchisiga hadya qilinadigan "Ford Mustang" Andijonda!
Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
"Jamoamiz futbolchilarining yuqori natijalari uchun vada qilingan "Ford Mustang" avtomashinasi Andijonga etib keldi.
Ammo bu mavsum yoshlardan tashkil topgan jamoamizning natijalari rejadagidek bo'lmaganligi sababli avtoulov futbolchilarga nasib etmaydigan bo'ldi.
Endilikda jamoamiz natijalari yaxshilanishi uchun katta hissa qo'shadigan va etakchilikni qo'lga oladigan hamda eng yaxshi futbolchi deb etirof etiladigan birgina futbolchi ushbu super avtomashina sohibiga aylanishi mumkin.
Jamoamizning bu mavsum Superligada qolishi uchun xam rahbariyat tomonidan katta mukofot vada qilingan", – deya xabar qildi "Andijon" klubi matbuot xizmati.
Fikrlar