So’nggi yangiliklar

02:10Конференциялар лигаси. "Челси" финал масаласини деярли ҳал қилди, "Бетис" "Фиорентина"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  2 02:03Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда йирик ғалабага эришди, "Тоттенхэм" ҳам учта гол билан зафар қучди  3 01:50АПЛ. ЕЧЛ учун курашаётган "Ноттингем Форест" ўз уйида мағлубиятга учради  1 01:11Холанд қайтди  0 00:15Ана холос! "Интер"нинг энг муҳим футболчиси "Барселона"га қарши ўйнамайди  13 00:01Европа лигаси ярим финалларидан онлайн ҳисоб  31 00:00Конференциялар лигаси ярим финалидан онлайн ҳисоб!  3 23:44"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради  3 23:13Гёкереш "Манчестер Юнайтед"га ўтадими? Рубен Аморим жавоб берди  1 22:50Сеск Фабрегас фаолиятидаги энг яхши мураббийи ким эканлигини айтди  1 22:11Габриэль Агбонлахор: "Ямал мени қўрқитмоқда"  4 21:57Ямалнинг ёшида Месси ва Роналдунинг статистикаси қандай эди?  14 21:35"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради, аммо жуда қисқа муддатга  3 21:32Илёс Зейтуллаев "Ювентус"нинг ўрнига қаерга бориши мумкин бўлганини айтиб берди  7 21:15УЕФА ЕЧЛ ҳафта рамзий терма жаомасини эълон қилди  8

"Andijon" rahbariyati qisqa muddatda 31,5 mlrd sarflagan Yangiliklar

"Andijon" rahbariyati qisqa muddatda 31,5 mlrd sarflagan

Bu haqda O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev telegramdagi shaxsiy blogi orqali malum qildi.

"O'rganishlar natijasida malum bo'ldiki, Andijon xususiy klubga aylangach, bugungi kungacha tahminan 31,5 mlrd so'm pul sarf qilib ulgurdi. SHundan 7 mlrd so'm Sog'lom avlod stadioniga, 4 mlrd so'm Bo'stonga va 2,150 mlrd so'm eski klub qarzlariga sarf etilganiga to'xtaldik. 

Klub 2021 yil uchun 15,2 mlrd so'm pul sarf etdi. Yana 973 mln so'm bilan o'tgan mavsumdan qolib kelayotgan qarzdorlik to'liq bartaraf etiladi. 

Biz klub rahbariyati bilan qarzdorlik masalasida kelishuvga erishdik. Eskilardan farqli o'laroq, Andijon 2021 yildan qolayotgan qarzlarni to'liq qoplab beradi. SHuningdek, 2022 yilgi mavsumda jamoa safida harakat qilayotgan futbolchilar, murabbiylar, ishchi-hodimlar ham haqini olmay qolmaydi. Barchasi bilan hisob-kitob qilinadi. 

Biz shu yo'nalishda Andijon futbol klubi bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'yganmiz va ular bilan hamkorlik qilib keldik (ayrim futbol muxlislarida noto'g'ri fikr shakllangan). Klubning bugungi rahbariyati davlat pulini o'zlashtirish uchun emas, viloyat futboliga yordam berish maqsadida kelgan. Qaysidir manoda, ular katta hajmdagi ishlarni bajardi. 

SHundan kelib chiqib, O'zPFL Andijon futbol klubini qo'llab-quvvatlashga tayyor. Pro liga rivoji, viloyat futbolining ertasi uchun bizga Andijon singari klublar kerak. So'nggi savol: viloyatga-chi? Agar viloyat rahbarlarining ham javobi ha bo'lsa, biz birgalikda muzokaralar stoliga o'tirishga tayyormiz. Javob yo'q bo'lsa, klubning kelajagi hamda homiylarning futbolda boshqa yo'sinda qolishi masalasini alohida gaplashib olamiz", — deyiladi xabarda.

Rasman: "Aral Samali" - "Andijon" o'yini bekor qilindi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика