So’nggi yangiliklar

15:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ 2 ўйинида ишлайди  0 15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0 14:18Ўзбекистон U-17 терма жамоаси посбони "Нефтчи"да ўйнайди  1 13:53Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди!  17 13:27Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр  7 13:00"Қўқон-1912" икки асосий футболчиси билан шартномани узайтирди  1 12:40Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда  25 12:24Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди  2 12:02TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги 1/2 финали, Испанияда кубок баҳслари ва бошқалар  1 11:52Алекс Фергюсон 2013 йилда: "Футболчиларга кийиниш хонасида ҳукмронлик қилиш имконини бериш хавфли"  8 11:36"Манчестер Сити" юлдузи АПЛда бир неча кўрсаткичлар бўйича етакчилик қилмоқда  1 10:48Алонсонинг тақдири қайси ўйинга боғлиқлиги маълум қилинди  6 10:21Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  1 09:55"Бухоро" футболчиси фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1

Ilyos Zeytullaev "Yuventus"ning o'rniga qaerga borishi mumkin bo'lganini aytib berdi Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev "Yuventus"ning o'rniga qaerga borishi mumkin bo'lganini aytib berdi

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev "Fint Turaeva" podkastida mehmon bo'ldi.

 U 2000-yillar boshida, "Yuventus"ga o'tishidan avval qaerda bo'lishi mumkinligi haqida so'zlab berdi.

Men taxminan bir yil, balki undan ham ko'proq "Sportakademklub" klubida (turli SNG mamlakatlaridan futbolchilarni yig'ib, keyin Evropaga jo'natadigan rossiyalik klub – tahr. izohi) bo'ldim. Keyin meni va yana bir futbolchini "Bordo"ga jo'natishdi. O'sha ikkinchi futbolchini keyin qaytarib yuborishdi, meni esa qoldirishdi. "Bordo" menga katta taassurot qoldirgan – 10 ta maydon, asosiy jamoa va akademiya uchun ajoyib sharoitlar. Asosiy jamoa hattoki qadimiy qasrda yashardi.

Men "Bordo"da bir necha oy bo'ldim, klub men bilan shartnoma imzolamoqchi edi. Shundan so'ng men bir muddatga Moskvaga qaytishim kerak edi. O'sha erda bir narsa noto'g'ri ketayotganini his qila boshladim. Ehtimol, "Bordo" va "Sportakademklub" transfer puli bo'yicha kelisha olmagan bo'lishi mumkin.

Shundan keyin men "Feyenoord"ga yo'l oldim. O'sha paytda klubda Igor Korneev (SSSR, MDH, Rossiya terma jamoalari, CSKA va "Barselona" sobiq futbolchisi – tahr. izohi) o'ynagan. Franciya futbol rivoji bo'yicha Niderlandiyadan yuqori edi, lekin gollandlar yoshlar futboliga bo'lgan munosabatlari bilan menga juda katta taassurot qoldirishdi.

Biz u erda "Sportakademklub"dan boshqa bolalar bilan birga mashg'ulot o'tkazardik, "Feyenoord" safida bir necha turnirlarda qatnashdik. Hattoki Uesli Sneyderga qarshi ham o'ynaganmiz – u o'shanda "Ayaks"ning yoshlar jamoasida to'p surgan. Nega yana qolishning iloji bo'lmaganini bilmayman, ammo bizga darhol shunday deyishdi: "Feyenoord"dan so'ng "Yuventus"ga ko'rikka ketasizlar».

Ilyos Zeytullaev ishtirok etgan "Fint Turaeva" podkastining to'liq versiyasini (rus tilida) quyidagi havola orqali topishingiz mumkin: 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика