Yamalning yoshida Messi va Ronalduning statistikasi qanday edi?
01 may 2025 21:57
Yangiliklar
Yamalning yoshida Messi va Ronalduning statistikasi qanday edi?
"Barselona"ning 17 yoshli qanot hujumchisi Lamin Yamal professional faoliyatidagi 100-o'yinini o'tkazdi. Yubiley uchrashuvini u UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi bahsida Milanning "Inter" jamoasiga qarshi (3:3) o'tkazdi. Bu o'yinda ispaniyalik futbolchi bitta gol urdi. Sky Sports Yamalning 17 yoshgacha bo'lgan statistikasini "Real" va "Barselona"ning o'tgan yillardagi hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining ko'rsatkichlari bilan taqqosladi.
Manba malumotlariga ko'ra, Lamin Yamal professional darajada 100 ta o'yinda 22 ta gol urgan va 33 ta golli uzatmasini bergan. Krishtianu Ronaldu 17 yoshida kattalar futbolida 19 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urgan va to'rtta golli uzatma bergan. Messi esa 17 yoshida to'qqizta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar