Andijon nigeriyalik futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi
05 mar 2020 10:13
Yangiliklar


Andijon nigeriyalik futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi
Andijon jamoasi transfer oynasi yakunlanib borayotgan bir pallada o'z safini yana ikki nafar legioner bilan to'ldirib oldi.
Aleksandr Xomyakov markaziy himoya chizig'i bilan markaziy yarim himoyani yanada kuchaytirish maqsadida nigeriyalik futbolchilarni taklif etgan.
1993 yil Nigeriya davlatida tavallud topgan Emmanuel Arivachukvu markaziy himoyachi hisoblanib, Iroqning «Naft Maysan» jamoasidan taklif etildi.
1995 yilda tug'ilgan yana nigeriyalik Ibe Mikael esa markaziy yarim himoyada xarakat qiladi. Ushbu legioner ham yaqinda «burgutlar» azosiga aylandi.
Ushbu xorijlik futbolchilarning xujjatlari shu kunlarda to'liq rasmiylashtiriladi va katta ehtimol bilan «Andijon»ning 8 mart kungi «Nasaf»ga qarshi kechadigan uchrashuvida debyutini o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar