Andijon nigeriyalik futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
5 mar 2020, 10:13
Andijon jamoasi transfer oynasi yakunlanib borayotgan bir pallada o'z safini yana ikki nafar legioner bilan to'ldirib oldi.

Aleksandr Xomyakov markaziy himoya chizig'i bilan markaziy yarim himoyani yanada kuchaytirish maqsadida nigeriyalik futbolchilarni taklif etgan. 

1993 yil Nigeriya davlatida tavallud topgan Emmanuel Arivachukvu markaziy himoyachi hisoblanib, Iroqning Naft Maysan jamoasidan taklif etildi.

1995 yilda tug'ilgan yana nigeriyalik Ibe Mikael esa markaziy yarim himoyada xarakat qiladi. Ushbu legioner ham yaqinda burgutlar a'zosiga aylandi. 

Ushbu xorijlik futbolchilarning xujjatlari shu kunlarda to'liq rasmiylashtiriladi va katta ehtimol bilan Andijonning 8 mart kungi Nasafga qarshi kechadigan uchrashuvida debyutini o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia