So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

"Andijon" 2018 yilgi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO Yangiliklar

"Andijon" 2018 yilgi mavsum oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO

Teglar :  AndijonTanishtiruv
Pro-liga bahslari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Musobaqa favoritlaridan biri hisoblangan “Andijon” jamoasi ham chempionatga astoydil tayyogarlik olib bordi.

Xabaringiz bor, tarkibda sezilarli o'zgarishlarga qo'l urildi. Odatda mavsum boshlanishidan oldin “Andijon” jamoasini muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida keng ommaga tanishtirish marosimi o'tkaziladi.

4 aprel kuni viloyat kasaba uyushma tashkilotlar birlashmasining majlislar zalida ana shu tadbir uyushtirildi. Unda futbol ishqibozlari, faxriylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Tabiiyki, “Andijon” jamoasining to'liq tarkibi va murabbiylar shtabi mazkur marosimning asosiy qahramonlari bo'lishdi. SHu bilan birga marosimning rasmiy kishilari sifatida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkir Toshpo'latov, Andijon viloyati futbol federaciyasi 1-vice-prezidenti Bekzod Karimov, viloyat kasaba uyushma tashkilotlar birlashmasi raisining birinchi o'rinbosari SHavkatbek Nishonov hamda “Andijon” klubi menedjeri Islombek Rustamovlar qatnashishdi. Tadbirni “Sog'lom avlod” stadionining suxandoni G'ulomqodir Abdurahimov olib bordi. Dastlab jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkir Toshpo'latov so'zga chiqib, barchani futbol mavsumi bilan boshlanayotgani bilan qizg'in muborakbod etdi:

- Andijon viloyati sport sohasida ham respublikamizda o'z o'rniga ega. SHu bois sport turlarida eng yuqori maqsadlar sari kurashgan holda o'z maqsadlarimizga erishib kelyapmiz. SHu manoda aytganda, futbolda ham umidlarimiz katta. Bu yil “Andijon” jamoasi yangitdan shakllantirildi. Muxlislarning esa jamoamizdan umidi katta. Ishonamanki, jamoamiz mavsum davomida o'zining ishonchli g'alabalari bilan ishqibozlarimizni xursand qiladi, - dedi Toshpo'latov.

SHundan so'ng Andijon viloyati futbol federaciyasining 1-vice-prezidenti Bekzod Karimovga so'z berildi:
-  Bizning asosiy maqsadimiz viloyatimizda sportni va ayniqsa, futbolni rivojlantirishdan iborat. Buning uchun viloyatimiz hokimi tomonidan nafaqat “Andijon” jamoamizga, balki barcha futbol maktablariga sharoit va imkoniyatlar yaratib berilyapti. Viloyat hokimimiz takidlab o'tganlaridek, “Andijon” klubining asosiy maqsadi Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish. Ushbu maqsadga erishish uchun hammamiz bir tan-u, bir jon bo'lishimiz kerak. Klub rahbariyati ham maqsadning bajarilishi yo'lida tinmay harakat qilishyapti. Umid qilamanki, yuzimiz yorug' bo'ladi - deya fikr bildirdi, Karimov.

“Andijon” klubi menedjeri sifatida qatnashgan Islombek Rustamov esa jamoaning yangi mavsum uchun ko'rilgan tayyorgarligi va tarkib haqida malumot berib o'tdi: 
-  Avvalambor, barchani yangi futbol mavsumi boshlanayotgani bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizlar bilan 2018 yilgi mavsumda ishtirok etadigan jamoamizning taqdimot marosimida uchrashib turibmiz. Xabaringlar bor, “Andijon” klubida Eldor Usmonovich Sakaev 14 yanvardan rasman bosh murabbiy sifatida ish boshlagan. SHunga yarasha tarkibda ham bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi. PFL talabiga ko'ra pro-ligada har bir klub 25 nafar futbolchini “zayavka” qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Biz kuni kecha belgilangan tartibda barcha o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazib bo'ldik. SHundan 10 nafari andijonlik futbolchilarni tashkil etadi. Jumladan, Javohir Qilichev, Xushnud Avilov, Ildar Mamatkazin, Artur Mamatkazin, Doniyor Abdumannopov, Begzod G'anijonov va bir qator futbolchilarni aytishim mumkin. Bosh murabbiy kurashchan jamoani shakllantirdi. “Andijon” qishki yig'inda Andijon-CHirchiq-Toshkent yo'nalishi bo'yicha tayyorgarlik olib bordi va bir qator nazorat uchrashuvlari tashkil etildi. Unda ko'plab futbolchilar ham qatnashishdi va yakunda bosh murabbiy tarkib masalasida yakuniy xulosasini chiqardi. Yana shuni ham aytib o'tishim kerakki, bu yil “Andijon” transfer oynasida ancha faollik ko'rsatdi. Xususan 5 nafar futbolchimizni boshqa klublarga ijraga berdik. Farhod Bekmuratovga Toshkentning “Lokomotiv” klubidan qiziqish bo'ldi va uni 2018 yil so'nggiga qadar ijaraga berdik. Himoyachi Qahramon Mahamadjonov “Istiqlol” klubiga borib qo'shildi. Mahamadjonov aslida yaxshi futbolchi va uni o'tkan yili jamoamizga ko'p foydasi tegdi. Ammo bu yil yuzaga kelgan raqobat tufayli Qahramon katta extimol bilan zaxirada qolib ketishi ham mumkin edi. SHuning uchun uni Farg'ona jamoasiga mavsum oxiriga qadar ijaraga berdik. Bundan tashqari andijonlik iqtidorli futbolchilar Baxtiyor Qosimov, Jahongir Mahsudov va Farruh Bekmuratovni Uychining “Xotira-79” jamoasiga joriy yilning so'nggiga qadar ijaraga berdik. Endi ularda ko'proq o'yin amaliyoti bo'ladi. Xabaringiz bo'lsa kerak, “Xotira-79” jamoasida ayni damda “Andijon”ga begona bo'lmagan Nozim Mullaoxunov ishlamoqda - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi, Rustamov.


Klub menedjeridan keyin kechaning asosiy qahramonlaridan biri bo'lgan jamoa bosh murabbiyi Eldor Sakaev ham o'zining fikrlarini quyidagicha izhor etdi:
 
-  Biz siz muxlislar bilan uchrashib turganimizdan xursandmiz, - deya gap boshladi Eldor Usmonovich. – Nihoyat, pro-liga musobaqasi ham boshlanish arafasida turibdi va bu bilan hamma muxlislarni tabriklayman. SHuni aytishim kerakki, biz juda yaxshi kayfiyatda mavsumga tayyorgarlik ko'rdik. Bizning oldimizga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Tarkibni ham shunga yarasha tuzishga harakat qildik. Birinchi navbatda jamoamizga etarli darajada shart-sharoitlarni yaratib berayotgani uchun Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Qo'shoqboevich Abdurahmonovga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. SHu bilan birga klub rahbariyatiga, sport boshqarmasi va futbol federaciyasiga ham tashakkurlarimni aytishni istardim. Biz asosan Toshkentda tayyorgarlik ko'rdik. Qishki yig'in davomida 40 dan ortiq o'yinchilarni sinovdan o'tkazdik. Yakunda esa 25 nafar futbolchini o'zimizda olib qoldik. Xabaringlar bor, O'zbekiston futbol associaciyasi va professional futbol ligasi tomonidan pro-liga musobaqasida format o'zgartirilib, jamoalar “A” va “B” guruhlariga ajratib chiqildi. Bu yil pro-liga saviyasi ancha oshishi turgan gap. Jamoalarning saviyalari ham kuchayishi kutilyapti. Bir so'z bilan aytganda, pro-ligada juda qiziqarli musobaqa o'tkaziladi. Intriga ham shunga yarasha o'tishi aniq. Hech bir jamoaga oson bo'lmasligi ham oldindan malum. Eng muhimi, barcha islohotlar muxlislarni o'ylab qilindi. Biz ham siz ishqibozlarning qo'llab-quvvatlashlaringizga muxtojmiz. Bizning maqsadimiz Andijon xalqini xursand qilish. Barchamiz “Andijon”ga bir maqsad uchun kelganmiz. Andijon futbolini ko'tarish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Andijonda iqtidorli o'yinchilar juda ko'p. Biz yangi mavsum uchun tarkib tuzayotganimizda albatta bunga ham etibor qaratdik. Natijada 10 nafar mahalliy o'yinchilar jamoamizga yordam berishga tayyor turibdilar. Ularni ortga qaytarishda bizga yordam bergani uchun klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildirishni xohlayman. Xushnud Avilov, Bekzod G'anijonov, Doniyor Abdumannopov, Javohir Qilichev kabi istedod egalari albatta jamoamizga yordam bera olishadi. Bulardan tashqari, yana uch nafar yosh umidli bo'lgan andijonlik futbolchilarni ko'z ostimizga olib qo'yganmiz. SHuningdek, jamoamizda tajribali o'yinchilarga ham ko'p narsa bog'liq. Jumladan, Akmal Ortiqov, Siroj Hamroev, Ildar Mamatkazin, Ibrohim Otaxonov, Alisher Abduvohidov, SHahboz Jumaboev, Laziz Ubaydullaev, Sunnat Mamadaliev, Eldor Boymatov singari futbolchilarni aytishim mumkin. Umuman olganda, biz har bir chiziqqa iqtidorli o'yinchilarni yig'a oldik. Barchasidan umidim katta va tabiiyki, futbolchilarimizga ishonaman. Biz har bir o'yinda oxirigacha kurashamiz, futbolchilar bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishadi. Bizga ishonch bildirayotgan rahbariyat va muxlislarning yuzini erga qaratmaslikka harakat qilamiz. Muhimi, bizni qo'llab-quvvatlang va bu jamoamizga katta ruhiy dalda bo'ladi, - dedi Sakaev.

SHuni aytish kerakki, “Andijon” klubi yangi mavsumda yangi dizayn asosidagi “Joma” brendi ostida yaratilgan formalardan foydalanadi. Bu haqida klub menedjeri malumot berib o'tdi: - “O'tgan yili jamoamiz “Adidas” formalaridan foydalangandi. Bu yil esa klub rahbarlarining qarori va albatta bosh murabbiy bilan maslahatlashgan holda yangi mavsumda “Joma” liboslarida maydonga tushadi. Jamoamiz o'z maydonidagi uchrashuvlar oq libosdagi formada harakat qiladi. Mehmondagi o'yinlarda esa ko'k formadan foydalanamiz”.

Yuqorida takidlanganidek, tarkibda katta o'zgarishlar bo'ldi. Ularni keng ommaga tanishtirish esa ayni muddao edi. Umuman olganda, tarkibdan joy olgan 25 nafar futbolchi yangi mavsumda o'z raqamlariga ega bo'lgan holda muxlislarga yaqindan tanishtirildi.

 
Jamoa azolariga o'z futbolkalari topshirilgach, “Andijon” etakchisi va jamoa sardori Ibrohim Otaxonov shunday dedi: 
- “Barcha muxlislarimizni yangi chempionat start olayotgani bilan tabriklayman. Jamoamizga rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berildi. Endi barcha masala o'z qo'limizda qoldi. Nasib qilsa, ko'zlagan maqsadimizga erishamiz degan umiddaman. Siz muxlislar jamoamizni har doim qo'llab-quvvatlab tursanglar, biz qo'limizdan kelganicha sizlarni xursand qilishga harakat qilamiz”.

Bir necha yillar davomida “Andijon” jamoasiga yordam berib kelayotgan, viloyat futboli uchun befarq bo'lmagan jonkuyar rahbar, kasaba uyushma tashkilotlar birlashmasi raisining birinchi o'rinbosari SHavkat Nishonov ham yangi mavsum boshlanishi oldidan o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi. “Men alohida Eldor Usmonovichga minnatdorchilik bildiraman. Uni kuchli strategiyaga ega mutaxassis deb hisoblayman. Albatta, uning boshchiligida “Andijon” jamoasidan ijobiy natija kutamiz. SHuningdek, Islombek Rustamovni menedjer bo'lib ishga kirishganidan xursand bo'ldim. Bu yil jamoamizga engil bo'lmaydi. CHunki pro-ligada format o'zgardi. Yangi mavsumda har yilgidan ko'ra jamoamizni kuchliroq qo'llashimiz lozim.

SHu o'rinda fan-klub raisi Nodirbek To'ychiev ham so'zga chiqqan holda yangi mavsumda “Andijon”dan umidi katta ekanligini, buning uchun ishqibozlar oxiriga qo'llab-quvvatlashini alohida takidlab o'tdi.
-  Yangi futbol mavsumi boshlanayotganidan juda xursandmiz. “Andijon” jamoasiga chin yuragimizdan omad tilaymiz. Siz futbolchilardan shuni iltimos qilamanki, bor mahoratinglarni maydonda ko'rsatinglar, biz muxlislar esa tribunada sizlarni qo'llab-quvvatlaymiz. Viloyat hokimimizga sharoitlar yaratib berayotgani uchun katta rahmat. SHuhratbek Qo'shoqboevichning bitta gapi bor: Yutinglar va pulinglarni olinglar. Men jamoamizga faqat omad tilayman.

Bir so'z bilan aytganda, “Andijon” jamoasining muxlislar bilan uchrashuvi ko'tarinkilik va samimiy ruhda o'tdi. Muxlislar sevimli jamoasiga ishonishadi va Superligaga qaytishi yo'lida o'z klubini doimo qo'llab-quvvatlashga tayyor.


 "Andijon" matbuot xizmati.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика