Anchelottining yordamchisi "Suonsi"ni boshqarishga rozi bo'ldi
01 jan 2017 16:56
Yangiliklar
Anchelottining yordamchisi "Suonsi"ni boshqarishga rozi bo'ldi
Karlo Anchelottining "Bavariya"dagi yordamchisi Pol Klement katta ehtimol bilan "Suonsi" bosh murabbiyiga aylanadi.
44 yoshli murabbiy "Suonsi"da ishlash uchun "Bavariya"dan ketishga tayyorligini malum qilgan.
Hozircha shartnoma tuzilmagan, biroq tomonlar kelishuvga erishib bo'lishgan. Eslatib o'tamiz, "oqqshular" Uels ustozi Kris Koulmendan rad javobi olishgach Klementga murojaat qilishdi.
3 yanvarda "Suonsi" safarda "Kristal Pelas"ga qarshi o'ynaydi.
Fikrlar