Anchelotti: “Yuventus” bilan tenglashish uchun mo'jiza ko'rsatish lozim”
06 dek 2018 20:52
Yangiliklar
Anchelotti: “Yuventus” bilan tenglashish uchun mo'jiza ko'rsatish lozim”
“Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'z futbolchilari darajasi haqida gapirib, hali chempionlik uchun imkoniyatlari saqlanib qolganligi haqida gapirdi.
“Hozirdan mavsum oxirida qaysi o'rinni qo'lga kiritishmiz haqida hech narsa ayta olmayman, ammo bizda katta potencial mavjud. Biz buni ECHLda qiyin guruhda bo'lishimizga qaramay isbotladik. Ha, A seriyada “Yuventus” dahshatli o'yin ko'rsatmoqda va ularga tenglashish uchun mo'jiza ko'rsatish lozim bo'ladi.
O'ylashimcha, bizning yarim himoya chizig'imiz Italiyada eng kuchlisi, Kulibali esa dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri. U Ramos, Varan va “Yuve”ning himoya chizig'i vakillari bilan bir xil darajada turadi”, deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar