Anchelotti: "Juda yomon o'ynadik"
25 okt 2020 22:11
Yangiliklar


Anchelotti: "Juda yomon o'ynadik"
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning "Sautgempton" maydonida uchragan mag'lubiyati haqida gapirdi.
"Biz juda yomon o'ynadik, "Sautgempton" bizdan ko'ra yaxshi edi va g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdi. Har doim ham optimal jismoniy holatda bo'lishning iloji yo'q, shu boisdan bu jamoa uchun yaxshi o'yin bo'ldi deya olaman. Endi o'yinlarni taxlil qilib, oldinga harakatlanish kerak.
O'yinga qaytishga harakat qildik. Tanaffusdan keyin to'pni nazorat qilishga intildik. Qizil kartochka - oddiy fol uchun ishlatilgan jiddiy jazolanish bo'ldi. Ushbu holat yuzasidan appelyaciya beramiz", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar