Anchelotti bugun "Real" bilan "Chelsi"ga qarshi o'yin uchun Londonga uchmaydi

Alisher
5 apr 2022, 16:53
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bugun jamoa bilan birga "Chelsi"ga qarshi CHL chorak final ilk o'yin doirasidagi bahsni o'tkazish uchun Londonga uchmaydi.

Mutaxassis hali koronavirusga manfiy test topshirmadi.

Anchelotti ertaga o'yin oldidan jamoaga borib qo'shilish ehtimoli bor. Bu uchun italiyalik COVID-19'ga manfiy test topshirishi kerak, shundan so'ng unga Londonga uchishga ruxsat beriladi.

Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2009-2011 yillar davomida "Chelsi"da ishlagan va jamoa bilan APL va Angliya Kubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail