Anchelotti Argentina JCH-2022da haqli ravishda g'alaba qozonganini aytdi
20 dek 2022 18:14
Yangiliklar


Anchelotti Argentina JCH-2022da haqli ravishda g'alaba qozonganini aytdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Argentina terma jamoasining JCH-2022dagi g'olibligi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Argentina Qatardagi Jahon chempionatida haqli ravishda g'alaba qozondi. Bu jamoada juda zo'r o'yinchilar bor, lekin muvaffaqiyatning asosiy siri – albatta, Lionel Messi, u eng zo'rdir", – dedi murabbiy.
18 dekabr kuni Argentina terma jamoasi JCH-2022 finalida Franciyani mag'lub etdi (3:3, pen. – 4:2) va 36 yil ichida ilk bor jahon chempioni bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar