Anchadan beri davolanayotgan Neymar 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
14 mar 2019 15:59
Yangiliklar


Anchadan beri davolanayotgan Neymar 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
PSJ hujumchisi Neymar "Manchester Yunayted"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan (1:3) keyingi o'zini tutishi uchun chetlatilishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, UEFA ayni damda futbolchini 3ta o'yinga chetlatishni ko'rib chiqmoqda. Oldinroq, Neymarga nisbatan intizom ishi ochilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Parij klubi "Manchester Yunayted"ga qarshi javob uchrashuvida penaltidan o'tkazib yuborgan uchinchi goli tufayli turnirni tark etdi. Bahs bosh hakami Damir Skomina VAR yordamida PSJ darvozasi tomon penalti belgiladi. Neymar jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yubordi. Uchrashuvdan so'ng braziliyalik futbolchi "Instagram"da hakamlar ishini keskin tanqid qildi.
Neymar 2019 yilning 23 yanvar kuni "Strasburg"ga qarshi kechgan bahsda jarohat olgan edi. Hujumchi o'shandan buyon maydonga qaytgani yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar