Ana xolos! Sadio Mane APL chempionligidan voz kechishga tayyorligini bildirdi
08 apr 2020 14:17
Yangiliklar


Ana xolos! Sadio Mane APL chempionligidan voz kechishga tayyorligini bildirdi
"Liverpul" APL finishiga 9 tur qolganida taqibchisi "Manchester Siti"dan 25 ochko ilgarilab ketgan.
Agar musobaqa davom ettirilmaydigan bo'lsa, "qizillar" chempion bo'lmasliklari ham mumkin. Manening fikriga ko'ra, bunday qaror eng to'g'risi bo'ladi.
"Biz hali chempion emasmiz. Maydonda g'alaba qozonish kerak. Men har qanday qarorlarni qabul qilaman. Albatta, voqealarning bunday rivojini "Liverpul" qabul qilishi qiyin, ammo dunyodagi millionlab insonlar hozir bundan qiyinroq ahvoldalar.
Umid qilamanki, biz bu sovrinni kelasi yil qo'lga kirita olamiz", - deydi Mane.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" bundan avvalgi ikki mavsumda APL chempionligini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar