Ana xolos, eronlik darvozabon "Istiqlol" sport direktori burnini sindirdi
01 mar 2019 22:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/480419_original.jpg)
![](/upload/storage/480419_220.jpg)
Ana xolos, eronlik darvozabon "Istiqlol" sport direktori burnini sindirdi
Eron terma jamoasi sobiq darvozaboni Alirizo Xagigi mashg'ulot o'tkazayotgan paytda ko'ngilsiz voqea ro'y berdi.
U o'zaro kelishmovchilik tufayli "Istiqlol" futbol klubi sport direktori Ali Xatir bilan tortishib qoldi. Ish oxiri janjalgacha borib etdi va darvozabon bir kalla qo'yib sport direktorining burnini sindirdi.
SHundan so'ng Ali Xatir 30 yoshli posbonni sudga berdi. Malumot uchun, ushbu darvozabon SHveciyaning "GIF Sundsval" klubini tark etganidan beri jamoasiz yuribdi. Alirizo Xagigi JCH-2014da ishtirok etgan va Argentina, Nigeriya, Bosniya bilan kechgan bahslarda terma jamoasi darvozasini qo'riqlagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar