Amirbek Lutfullaev: “Yangier”ga qarshi o'yinlar oson kechmagan”
28 okt 2021 13:58
Yangiliklar
Amirbek Lutfullaev: “Yangier”ga qarshi o'yinlar oson kechmagan”
Pro-liganing 23-turidan o'rin olgan “SHo'rtan” – “Yangier” (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar darvozaboni Amirbek Lutfullaev fikrlariga quloq tutdik.
“Yangier”ga qarshi o'yinlar oson kechmagan. Bu mavsumda ularga qarshi bahslarimiz murosasiz ruhda kechdi. Bu safargi o'yinimiz ham juda yaxshi o'tdi. Ikkala jamoa ham xatolarga yo'l qo'ydi. “SHo'rtan” ruhiy tomondan va ahillik bilan to'p tepganimiz hisobiga raqibning ustidan g'alaba qozonishga erishdik. Bizni g'alabadan boshqa hisob qoniqtirmasdi va buni maydonda isbotlay oldik.
“SHo'rtan” bilan shartnomam muddati mavsum yakuniga qadar mo'jallangan. Kelgusida qaysi jamoada to'p tepishimni esa vaqt ko'rsatadi. Hozirdan biror nima deya olmayman”, - deya fikrlarini yakunladi Lutfullaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar