Alonso "Barselona" bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
13 iyun 2022, 17:01
Angliyaning "Chelsi" klubi himoyachisi Markos Alonso "Barselona"ga o'tishga yaqinlashmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Alonso Kataloniya klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

"Barsa" hozirda "Chelsi"ning transfer narxi borasidagi talabini kutmoqda.

31 yoshli Markos Alonso o'tgan mavsum londonliklar tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano