Allegri A Seriya jamoasini boshqarishi mumkin
26 jan 2021 19:55
Yangiliklar


Allegri A Seriya jamoasini boshqarishi mumkin
Italiya OAV so'nggi xabarlariga ko'ra, Paulu Fonsekaning “Roma”dagi kelajagi hali ham so'roq ostida bo'lib turibdi.
Uning o'rnini olishga asosiy davogar esa 1,5 yildan beri ishsiz bo'lgan Massimiliano Allegri ekanligi taxmin qilinmoqda.
Corriere di Roma yozishicha, rimliklar Allegri bilan aloqaga chiqqan. Avvalroq, 53 yoshli mutaxassis Italiyaning bir qator jamoalarida ishlagandi.
U 2010/11 yilgi mavsum “Milan” bilan Skudettoni qo'lga kiritgan bo'lsa, keyinchalik “Yuventus” bilan shu ishni besh bor uddalagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar