Alisson ijtimoiy tarmoqda otasining o'limidan so'ng post qoldirdi
26 fev 2021 16:29
Yangiliklar


Alisson ijtimoiy tarmoqda otasining o'limidan so'ng post qoldirdi
"Liverpul" va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson Beker otasining o'limidan so'ng ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.
"Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytmoqchiman. Oilam sizning sevgingizni his qilmoqda. Xudo barchamizga baraka bersin", - deb yozgan 28 yoshli futbolchi.
Oldinroq xabar berilganidek, Alissonning otasi suv omboridan o'lik holda topilgan edi. O'lim sabablari hali malum emas.
Bekerga "Liverpul", "Roma" va boshqa taniqli futbolchilar ham taziya izhor etishdi.
— Alisson Becker (@Alissonbecker) February 25, 2021
O’xshash yangiliklar

Fikrlar