Alisson faoliyati davomida birinchi marta qizil kartochka oldi
01 dek 2019 03:37
Yangiliklar


Alisson faoliyati davomida birinchi marta qizil kartochka oldi
"Liverpul" o'z uyida "Brayton"ga qarshi (2:1) Angliya chempionati 14-tur uchrashuvida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 76-daqiqasida mersisaydliklar darvozaboni Alisson Beker jarima maydonchasi tashqarisida qo'l bilan o'ynagani tufayli to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Endi golkiper APL keyingi turi doirasidagi "Everton"ga qarshi derbini o'tkazib yuboradi. "Liverpul" klubi darvozabonlari 2011 yildan beri maydondan chetlatilmagandi.
Takidlash lozimki, braziliyalik darvozabon faoliyatini boshlaganidan buyon birinchi marta qizil kartochka oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar