So’nggi yangiliklar

08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  0 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  1 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5

Alisher SHog'ulomov: “SHubhasiz Geynrix “Lokomotiv” uchun katta yo'qotish” Yangiliklar

Alisher SHog'ulomov: “SHubhasiz Geynrix “Lokomotiv” uchun katta yo'qotish”

Bu yil OCHL bahslarida debyutini o'tkazishga yaqin turgan Alisher SHog'ulomov kecha “O'zbekiston” mehmonxonasida uchrashib, undan ayrim savollarga javob oldik.
- Yig'in yaxshi o'tdi. Kuchli jamoalar ishtirok etdi turnirda. Qiziqarli kechdi. Tailandda futbol muhiti yuqori darajada ekanligiga guvoh bo'ldik. Qolaversa xalq futbolni yaxshi ko'rarkan.

- Ushbu xorij yig'inidan balki murabbiylarning ko'ngli to'lmagandir. Menimcha yigitlar qoniqish xosil qildi. Lekin oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik. Bilmadim bunga nima etishmadi? Ehtimol omadimiz chopmagandir. Yurtimizda qish fasli bo'lib turgani uchun ham bu yigitlarning tayyorgarligiga tasir qilgan bo'lishi mumkin. CHunki bu paytda futbolchilar yuqori sport formada bo'lmaydi. Aniq sababini bilmayman.

- “Lokomotiv”dagi ishlarim yomon emas. Jamoa Turkiyadan 15 fevral tungi paytda Toshkentga qaytib keldi. 17 fevraldan tayyorgarlik yana poytaxtda davom etadi. SHunda men ham klub safiga borib qo'shilaman.

- Albatta Geynrixdek o'yinchini jamoa bilan xayrlashishi bu – katta yo'qotish! U bilan tandem bo'lib o'ynash men uchun juda qulay edi. Aleksandrdan tashqari yana bir hujumchi Ivan Nagaev ham “Lokomotiv”ni tark etdi.

- Murabbiylar shtabi yo'qotishlar o'rnini to'ldirish maqsadida bir nechta yangi hujumchilarni taklif etgan. Ruslan Koryan, Temurxo'ja Abduxoliqov... Undan tashqari oldingi chiziqda Marat Bikmaev ham bor. Tabiiyki bu yil ham raqobat o'ziga yarasha kuchli bo'ladi. O'z ustimda ko'proq ishlab, murabbiylar ishonchini oqlashga xarakat qilaman.
- Bu yil jamoamiz safida bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. Lekin o'ylaymanki yangi kelib qo'shilgan futbolchilar ham chakki emas. Bejizga Vadim Karlenovich ularni taklif etmagan. Yangi kelganlardan Sanjar SHoahmedovni alohida aytib o'tishni istardim. Omadli transfer bo'ldi, menimcha. Undan tashqari yana bir qator iqtidorli o'yinchilar keldi. Qozog'istonning “Astana” klubidan ham legioner taklif etilgan. Uni ham yuqori saviyadagi o'yinchi deya aytishdi. SHuning uchun o'ylaymanki bu yil jamoamiz tarkibi kuchsizlangani yo'q. Lekin yangi taklif etilgan futbolchilarning kelajakda qanday o'ynab keta olishini vaqt ko'rsatadi.



- Nasib qilsa bu yil chempionlik yo'lida jiddiy kurashamiz. Xarakat qilsa har qanday raqibni engish mumkin. Bundan tashqari OCHL o'yinlarida ham munosib ishtirok etamiz.
- SHaxsiy maqasidim bu yil to'purarlar ro'yxatidan o'rin egallash va jamoam uchun foyda keltirish.

- O'tgan yili birinchi davrani quyi ligada o'tkazganim uchun sport formamni ozgina yo'qotib qo'ygandim. Keyinchalik “Lokomotiv”ga o'tgach, mashg'ulotlarda ishlash va o'yinlar orqali avvalgi xolatimga qayta boshladim. Ikkinchi davrada oliy ligada 5ta gol urdim. Mana bu yil yuqori darajada tayyorgarlik ketmoqda. Nasib qilsa bu yil o'tkan yilgidan ham yuqori natija ko'rsatishga xarakat qilaman.

- O'ylamaymanki OCHLda o'ynash yurtimizdagi men kabi ko'plab yoshlarni orzusi. Bu yil ushbu nufuzli musobaqada men ham debyutimni o'tkazishga yaqin turibman. Berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga xarakat qilaman.

- Guruhdan chiqish o'z qo'limizda. Aslini olganda OCHLda kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Har bir raqibni xurmat qilgan xolda, ularni yutsa bo'ladi. Buni uddalaymiz degan umiddaman.

- SHuhrat aka Maqsudov biz uchun ham murabbiy va ham akadek bo'lib qolgandi. Bizga vaqtida faqat shogirdlari sifatida emas o'z ukasi yoki farzandi kabi qarardi. Maqsudov yaxgi inson. Hayotda ham ko'p narsani tushuntirib borardi. Bu taqdir. Lekin uning yordamchisi Aleksey Evstafeev bilan unchalik yaxshi chiqisha olmayman. Menimcha endi chaqiruv olmasam kerak. Vladimirovich bilan kelishmovchiligimiz bor. Bu narsa oldindan. O'sha 1994 yildagi o'smirlar o'rtasida Meksikada o'tkazilgan jahon chempionatidan oldin ham Evstafeev bilan chiqisha olmagandik. Endi bu uning fikri. Agarda keyinchalik ham taklif etsa, borib vazifamni bajarishga xarakat qilaman.

- Tailanddagi turnirda ham shunday bo'ldi. Bilmadim balki uning qarashi bo'yicha OTJda mendan kuchliroq hujumchi bo'lsa kerak. CHunki ilk uchrashuvimizning birinchi bo'limidan so'ng meni o'rnimga boshqa o'yinchi maydonga tushdi. Menimcha bu ham Evstafeevning qarori. Mana OTJga Aleksey Vladimirovich bosh murabbiy bo'ldi. O'zi shundoq ham “Neftchi”dan bu terma jamoaga nomzodlar ko'p edi. Bundan keyin ham yanada ko'paysa ajablanmayman. Mayli bu uning ishi. Buni muhokama qilish biz futbolchilarning vakolatiga kirmaydi. Har qanday xolatda ham Evstafeevga omad tilayman!

- Tohir SHamsitdinov xayotda ancha og'ir-bosiq yigit. U o'sha vaziyatda raqibiga atayin tazyiq o'tkazmadi. Lekin har qanday vaziyatda ham futbolchi bu darajaga borishi kerak emasdi deb o'ylayman. CHunki futbolchining ishi shu. Aynan futbol o'ynab pul topadi. 1 yillik diskvalifikaciya bu rahbariyatning qarori. Endi Tohirga faqat sabr tilaymiz. Tushkunlikka tushmasdan, o'z ustida astoydil ishlashi kerak. Mashg'ulotlarda ko'proq shug'ullanib, sport formasini yo'qotmaslik kerak deb o'ylayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика