Alisher Latipov: "Jamoamiz oldiga beshlikka kirish vazifasi qo'yilgan"
21 apr 2023 21:50
Yangiliklar


Alisher Latipov: "Jamoamiz oldiga beshlikka kirish vazifasi qo'yilgan"
O'yin haqida
- Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Balki sal hayajon bo'lgandir. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashdik. O'yinimiz ikkinchi bo'limda o'zgardi. Biroq penaltidan foydalana olmadik. Navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.
- Birinchi bo'limdayoq o'zgarish qilishingizga jarohat sabab bo'ldimi?
- Ha, jamoamiz sardori tizzasida og'riq sezdi. SHu bois uni almashtirishga majbur bo'ldik.
- Jarohatning mavjudligi keyingi o'yinga ham tasir qiladimi?
- Yo'q, biz taqvimga ko'ra, 7-turda dam olamiz. SHifokorlarimiz xolatni o'rganib chiqishadi. Jamoamiz sardori 8-turga qadar tiklanadi deb o'ylayman.
- Jamoaning oldidagi maqsad qanday?
- Biz yosh jamoamiz, birinchi bor Pro-ligada ishtirok etayapmiz. Joriy mavsum jamoamiz oldiga beshlikka kirish vazifasi qo'yilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar