So’nggi yangiliklar

17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2

Aleksandr Mochinov: Birinchi o'yindan keyin raqibni o'rganib chiqqanimiz o'z samarasini berdi Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: Birinchi o'yindan keyin raqibni o'rganib chiqqanimiz o'z samarasini berdi

O'zbekiston U-19 terma jamoasi BAA yoshlariga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan keyin O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov O'FF matbuot xizmatiga uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

“Avvalo bugungi g'alaba bilan rahbariyatni, jamoamni va bizni qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislarni tabriklayman. Birinchi o'yindan keyin raqibni o'rganib chiqqanimiz o'z samarasini berdi. BAA yoshlar termasi bosh murabbiyini ham alohida takidlab o'tgan bo'lardim. Serbiyalik mutaxassis qo'li ostida BAA yoshlari ancha kuchaydi.

Har ikki jamoa futbolchilarining bugungi o'yinga tayyorgarligi yaxshi bo'lganini ko'rish mumkin. Avval ham takidlaganimdek, bu yoshda futbolchilar o'yin davomida xushyorlik va etiborni yo'qotadi, menimcha shuning evaziga bugun raqib darvozasiga ko'p gol urishga  erishdik. SHu bilan birgalikda, so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar ustida ishlashimiz kerak.

31 oktyabr kuni Osiyo chempionati saralash bosqichi uchrashuvlarini o'tkazish uchun Tojikistonga uchib ketamiz. U erda oson o'yinlar bo'lmaydi. Bundan tashqari, o'yinlar suniy qoplamali maydonda o'tkaziladi. Ertadan jamoamiz ham suniy qoplamali maydonda mashg'ulotlar o'tkazib, bo'lajak o'yinlar oldidan so'nggi tayyorgarliklarni o'tkazadi”, – dedi Aleksandr Mochinov.

Malumot uchun, shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. “B” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi OCH yo'llanmasi uchun mezbon Tojikiston, SHri-Lanka, Bangladesh va Maldiv orollariga qarshi maydonga tushadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика