So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  19 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  19 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

Aleksandr Lobanov: "SHackixni ko'rdim, lekin u bilan ko'risha olmadim" Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "SHackixni ko'rdim, lekin u bilan ko'risha olmadim"

O'zbekiston milliy terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboni Aleksandr Lobanov faoliyatini katta ehtimol bilan yangi klubda boshlaydi.

Eronning Persepolis klubi sharafini himoya qilayotgan posbon shu kunlarda jamoasi bilan birga o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda. Etiborga molik jihati, "Persepolis"ning yig'ini Ukraina poytaxti Kiev shahrida tashkil etilmoqda. Jamoa "Dinamo" klubiga tegishli bazada tayyorgarlik ko'ryapti. Biz terma jamoamizning ana shu yig'ini oldidan Aleksandr Lobanov bilan bog'landik va mavzu yuzasidan suhbatlashdik.

- Sasha, salom. Terma jamoamiz Avstriyaga yig'in o'tkazish uchun jo'nab ketdi. Terma jamoadan chaqiruv olmadingizmi?
- Menga taklif kelmadi. Kelgan taqdirda ham, klubim meni qo'yib yubormasdi. Boisi, hozir FIFA kunlari emas. "Persepolis"ning bunga to'liq haqqi bor. Ayni paytda men jamoam bilan birgaman. O'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazyapmiz.

- "Persepolis"ning yig'ini qaerda tashkil etilyapti?

- Kiev  shahrida. "Dinamo" klubining bazasida yig'in o'tkazyapmiz.

- Eron klubi o'z yig'inini Kiev shahrida o'tkazayotgani biroz g'alati tuyulyapti...
- Nega endi. Klub rahbariyatini shunday qarorga kelgan ekan, demak bunga etarli sababi bo'lgan.

- Maksim SHackix bilan uchrashmadingizmi?
- Yo'q. Lekin uni uzoqdan ko'rdim. Ayni paytda Maksim Dinamoning (U-19) jamoasiga murabbiylik qilyapti. Biz shug'ullanayotgan maydonga yaqin joyda u ham shogirdlari bilan mashg'ulot o'tkazayotgan ekan. Uni ko'rdimu, lekin ko'rishish nasib qilmadi. Balki, erta-indin ko'rishib qolarman. Yig'inimiz endi boshlandiku!

- Bundan bir oy avval suhbatlashganimizda, tez orada qaysi klubda faoliyatimni davom ettirishimga oydinlik kiritib olaman, degan edingiz. Bu masala o'z echimini topdimi?
- Hali yuz foiz bir qarorga kelmadim. SHu bir hafta ichida hammasi aniq hal bo'ladi.


- "Persepolis"da qolish imkoniyatlaringizni necha foizga baholash mumkin?
- Katta ehtimol bilan qolmasam kerak. Yangi jamoaga o'tishim deyarli hal bo'lib qolgan.

- "Persepolis" darvozaboniga yana jazo qo'llanildi. Bu sizga yana qo'shimcha imkoniyat eshiklarini ochadi-ku?
- Ha, bundan xabarim bor. Lekin ketishimning boshqa sabablari ham bor.

- Yangi muhitga moslasha olmadingizmi? Balki, Eronning urf-odatlari siz va oilangiz uchun to'g'ri kelmagandir?
- Buning sabablari etarlicha. Keling, bu haqida gaplashmaymiz.

- Boshqa klublardan takliflar etarlicha bo'lsa kerak?
- Kam emas (kuladi).

- Balki, O'zbekiston chempionatiga qaytarsiz?
- Bilmadim. Avval aytganimdek, hozircha buni inkor ham etmayman, tasdiqlamayman ham. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Kim biladi, balki "Paxtakor"ga qaytarman. Afsuski, sobiq jamoamning o'yinlari qovushmayapti. Birinchi davrada chempionga xos o'yin namoyish etilmadi. Jamoam ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib bordim. Hali "Paxtakor" o'zini o'nglab olishiga ishonaman. U irodali jamoa. Ikkinchi davrada umuman boshqa "Paxtakor"ni ko'rsak, bundan ajablanmayman.

- O'zbekiston milliy terma jamoasining bugungi kundagi birinchi raqamli darvozabonining qaysi klubga o'tishi ko'pchilik uchun qiziq. Nomini aytmasangiz ham, hech bo'lmasa, qaysi davlat klublari ekaniga oydinlik kiritarsiz?
- Yo'q. Keling, voqealar rivojidan ilgarilab ketmaylik. Bunga oz fursat qoldi.  

- Yig'in doirasida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazyapsizlarmi?
- Hali o'tkazmadik. Kievga o'zi kecha (suhbat 3 iyul kuni uyushtirilgan) tong saharda keldik. Hozircha kuniga ikki mahal mashg'ulot bilan cheklanyapmiz. Adashmasam, seshanba kuni mahalliy klublarning biri bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz.

 Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика