Eshitdik-da! O'zbekiston terma jamoasining sobiq birinchi raqamli darvozaboni “Navbahor”ga o'tmoqda

Khoja
6 yanv 2024
Hozirda erkin agent bo'lib turgan Aleksandr Lobanov faoliyatini “Navbahor”da davom ettirishga yaqin.

38 yoshli darvozabon namanganliklar ustozi Samvel Babayan milliy terma jamoaning bosh murabbiyi bo'lgan vaqtida O'zbekistonning birinchi raqamli darvozaboni bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Navbahor” bu yil tarkibni yoshartirmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, Lobanov so'nggi besh  yil davomida Bekobodning “Metallurg” jamoasida faoliyat olib bordi. O'tgan mavsum darvozabon Superligada 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 8 ta to'p olib chiqqan. Shuningdek, Lobanov 2015-2017 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta bahsda o'z darvozasining daxlsizligini saqlab qolgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia